5- MA’RUZA: TUPROQ HOSIL QILUVCHI OMILLAR REJA: 1.
Tuproq hosil bo‘lishida ona jinsning roli 2.
Tuproq hosil bo‘lishida o‘simlik vaxayvonot olamini roli 3.
Tuproq hosil bo‘lishida iqlimni roli 4.
Tuproq hosil bo‘lishida relefni ta’siri 5.
Tuproq hosil bo‘lishida inson faoliyatini ta’siri 6.
Tuproq hosil bo‘lishida vaqt omilini ta’siri Tabiatda uchraydigan turli tuproqlar shu sharoitni turli omillarning ta’sirida hosil bo‘ladi.
Genetik tuproqshunoslikning asoschisi bo‘lgan V.V.Dokuchaev tuproq hosil qilish omillarini
birinchi bo‘lib aniqlagan. Keyinchalik V.V.Dokuchaevni ta’limotini N.M.Sibirsev,
V.R.Vilyams, P.A.Kostechevlar to‘ldirishgan. har bir omilni tuproqqa ta’sirini, uning
ahamiyatini
P.A.Kostechev,
V.R.Vilyams,
Zaxarov,
S.S.Neustruev
va
boshqalar
V.V.Dokuchaev ta’limoti asosida rivojlantirdi.
Rossiyada birinchi bo‘lib V.V.Dokucheav tomonidan tuproq hosil bo‘lishi quyidagi
formula orqali ifodalandi.
T = F (I
. J
. Tj
. R)V
T – Tuproq, I – iqlim, J – jonivorlar va o‘simliklar, Tj – tog‘ jinslari, R – rel’ef, V – vaqt, F –
funksiya.
Tuproq paydo qiluvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat.
1.Tuproq ona jinsi 2. O‘simliklar vaxayvonot olami 3. Iqlim 4. Relef 5. Inson faoliyati 6.
Tuproqning yoshi .
Bu faktorlar tuproq paydo bo‘lishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham tuproq
unumdorligi turlicha bo‘ladi.