Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Tuproq ona jinsi . 
Tuproq hosil bo‘lishida, rivojlanishida, unumdorligida tuproq ona 
jinsining roli nixoyatda katta. Tog‘ jinslarini fizik-kimyoviy biologik kurashi natijasida hosil 
bo‘lgan tuproq ona jinsini tarkibi va xossalari tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalariga 
ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. CHunki bizga ma’lumki o‘tgan darslardan tuproqning 90% dan 
ko‘p qismi tuproq qosil bo‘lishi ta’sirida o‘zgargan ona jinsdan iborat. 
Tuproqni tarkibidagi har bir element shu ona jinsni tarkibiga bog‘liq: Masalan, bizni 
tuproqlarni ona jinslari lyoslar bo‘lsa, bu ma’lumki karbonatlarga boy, Kaliy elementiga boy, 
Fosforga kambag‘al. SHuning uchun ham tuproqlarimiz, syer karbonatli, kaliyga boy, fosforga 
kambag‘al tuproqlar hisoblanadi. 
Agar ona jinsda zararli tuzlar ko‘p bo‘lsa foydali elementlar kam bo‘ladi. Natijasida bu 
ona jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlar sho‘rlangan va unumdorligi past tuproqlar hosil 
bo‘ladi. Agar ona jinsni mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, buni ustida hosil bo‘lgan tuproqlarning 


37
suv o‘tkazuvchanligi va havo o‘tkazuvchanligi yomon bo‘ladi. Neytral va asosli jinslarning 
nurash maxsulotlari ustida, ular oziq elementlarga boy bo‘lganligi uchun, asoslar bilan
to‘yinganligi, chirindisi ko‘pligi, qumoq granulometrik tarkibga ega bo‘lganligi tufayli
unumdorlik darajasi yuqori bo‘lgan tuproqlar vujudga keladi. Bu tuproqlarga lyosslar ustida
hosil bo‘lgan bo‘z tuproqlar misol bo‘ladi. 
Taqirli tuproqlar qoldiq tog‘larning yon bag‘irlarida, qadimgi allyuvial tekisliklarda o‘rta 
va og‘ir granulometrik tarkibli ona jinsar ustida rivojlanadi. Qumli saxro tuproqlari esa - 
engil granulometrik tarkibli jinslar ustida hosil bo‘ladi.Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar 
tuproqlarning vujudga kelishida muxim ahamiyatga ega, uni xech qanday omil bilan 
almashtirish mumkin emas. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin