40
6- MA’RUZA:
O‘ZBEKISTON TUPROQ TIPLARI
REJA:
1.
Respublikada tarqalgan tuproq tiplari
2.
Sug‘oriladigan tuproqlar
3.
Tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari
4.
Tuproq vyertikaltik mintaqaviylik qonuniyati
5.
Tuproqlarning gorizontal zonallik bo‘yicha tarqalishi
6.
Introzonal tuproqlar
7.
Avtomorf tuproqlar va ularning xossalari
8.
Gidromorf tuproqlar va ularning xossalari
9.
Tuproqlar ularning tarqalishi xossa va xususiyatlari
10.
Grunt suvlarining tuproq xossalariga ta’siri
O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitlarining murakkabligi bu yerda tuproqlarning turlicha
bo‘lishini, hamda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning o‘ziga xos xususiyatlarini
belgilaydi. Keyingi paytlarda insonlarning aktiv ta’siri natijasida yerdan foydalanish sohasida
katta o‘zgarishlar ro‘y byermoqda
O‘zbekiston respublikasini tyerritoriyasi asosan cho‘l zonasida joylashgan bo‘lib, unda
asoan sur-qo‘ng‘ir tuproqlar 25,26%, qumli cho‘l tuproqlar 30,34 keng tarqalgan, bo‘z
tuproqlar 23%, qo‘ng‘ir va jigarrang tuproqlar 4,5% tashkil qiladi. Taqir tuproqlar bor 4%
sho‘rxok tuproqlar - 4% tashkil qiladi.
Tog‘ jigarrang tuproqlari- dengiz sathidan 1500 metr balandlikdan yuqorida joylashgan
bo‘lib, bu tuproqlar Respublikamizning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy, hattoki janubiy qismida
joylashgan CHotqol, Turkiston, Xisor tog‘ tizmalarida tarqalgan shu tipdagi tuproqlar kabi qalin
melkozemli va katta hududni tashkil qilmasdan, balki kichik xalqalar, orolchalar tariqasida juda
yupqa melkozemli, biroq o‘ta skeletli och jigar rang, qalinligi 3-5 sm. chimli qatlamdan iborat,
uning ostki qismida esa chim osti qatlam bo‘lib, tuproq massasining rangi qo‘ng‘irsimon
jigarrangli kesakchali (chang aralashgan) agregatli bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Karbonatli
birikmalar profilning 50-70 sm.da joylashgan bo‘lib, u tezda o‘ta toshli delyuvial-prolyuvial
yotqiziqqa yoki tub tog‘ jinsiga o‘tadi. Tuproq profili qalin emas (40-50,ba’zan 70sm gacha),
o‘ta toshli, mexanik tarkib jihatdan og‘ir qumoqlidir. Bu tuproqlarning chimli qatlamida gumus
miqdori -2,35-2,65foiz, chim osti qatlamida -1,40-1,65 keyingi qatlamlarda 0,5 -1,4 foizgacha
gumus bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: