tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]
11-MAVZU: MOYLI EKINLAR Reja: 1. Moyli ekinlar xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2. Kungaboqar ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 3.
Kunjut ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi
byeradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps,
kanakunjut, kunjut, ko‘knori, yer yong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir.
Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan)
yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan,
zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi.
O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konsyerva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab
chiqarishda, tyerichilik, tabobat, parfyumyeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda
xosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik xayvonlari uchun
qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda
ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va
xayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20
martagacha xayvon moyini etishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Xayvonlardan olinadigan
moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi xazm bo‘lish jixatidan ham
xayvon moyiga qaraganda engil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolestyerin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya
(62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), yer yong‘oq (21,8 mln.ga), moyli
zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan
maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, yer yong‘oq va soyani ekish mumkin.
Mamlakatimizda asosiy moy byeruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish
uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika axolisini moy bilan ta’minlovchi
asosiy xomashyo hisoblanadi.