40
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq
boshqaruvning funktsional
strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining
boshqaruv faoliyatini
ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan
funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan,
biri marketingni, ikkinchisi ishlab
chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish
uning samaradorligini ancha
oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal
rahbarlar o’rniga o’z
sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga
topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo
bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
o’z sohasini
chuqur va puxta biladigan;
jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;
o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni
amalga oshirish maqsadga
muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.
Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining
faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga
taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari
faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning
reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha
ierarxiyasi
va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish
ma'muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsional struktura ham
o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Dostları ilə paylaş: