82
ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan tashkiliy-
iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funktsional va tashkiliy boshqaruvlarga bo’linadi.
Funktsional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasiini echish bilan
bog’liq masalalar, ya'ni
kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, malakasini oshirish, ish
haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi
barcha shaxs va institutlar, ya'ni rahbarlar, kadrlar bo’limi, kasaba uyushmalar va
boshqalarni o’z ichiga oladi.
9.2. Xodimlarni boshqarish tizimi
Xodimlarni boshqarish tizimi deganda korxonada band bo’lgan kishilar
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat
ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan iqtisodiy-
tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Tarkiban bu tizim quyidagilarni o’z
ichiga oladi (14-jadval):
14-jadval. Xodimlarni boshqarish tizimi
T/r Tizim osti tizimlari
Boshqarish ob'ektlari
1. Ish sharoiti
- mehnatning ruhiy-fiziologik
talablariga rioya qilish;
- mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish;
- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlash;
- tabiatni muhofaza qilish va hk.
2. Mehnat
munosabatlari
- shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil qilish va
muvofiqlashtirish;
- rahbarlar munosabatlarini tahlili qilish va
muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, asabbuzarliklarni
boshqarish;
- kasaba uyushmalari bilan o’zaro munosabatlarni
boshqarish va hk.
3.
Kadrlarni hisobga
olish va
rasmiylashtirish
- ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, bir joydan ikkinchi
joyga o’tishlarini rasmiylashtirish;
- kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan ta'minlash;
- kasbiy yo’nalishlarni aniqlash;
- bandlikni ta'minlash.
4. Xodimlarni
rejalashtirish va
xodimlar
marketingi
- xodimlarni boshqarish strategiyasini
ishlab chiqish;
- kadrlar salohiyatini tahdlil qilish;
- mehnat bozorini o’rganish, xodimlarga bo’lgan
ehtiyojni
rejalashtirish, reklamani uyushtirish;
- korxonani kadrlar bilan ta'minlovchi tashqi manbaalar
bilan aloqasini o’rnatish;
- vakant (bo’sh) joylarga nomzodlarni aniqlash va
baholash;
- kadrlarni joriy baholab borish.
83
5. Kadrlarni
rivojlantirish
- kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar berish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish;
- zahiradagi kadrlar bilan ishlash;
- amal va martabani nazorat
qilish va rejalashtirish;
- yangi xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik
ko’nikmalarini ta'minlash
6. Mehnatni
rag’batlantirish
vositalarini
takomillashtirish
- mehnat jarayonlarini me'yorlashtirish va
tarifikatsiyalash;
- ish haqi tizimini ishlab chiqish;
- ma'naviy rag’batlantirish vositalaridan foydalanish;
- foyda va kapitalga qatnashish hissasini ishlab chiqish;
- motivatsiya va uni boshqarish
7. Huquqiy xizmat
- mehnat munosabatlaridagi
huquqiy masalalarni echish;
- xodimlarni boshqarishga taalluqli, farmoyishli hujjatlarni
kelishtirish;
- xo’jalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni echish;
8. Ijtimoiy tuzilmani
rivojlantirish
- umumovqatlanish muassasalarini boshqarish;
- kommunal xo’jalik sohasini boshqarish;
- jismoniy tarbiya va madaniyatni rivojlantirish;
- sog’liqni muhofaza qilish
va hordiq chiqarishni
ta'minlash;
- bolalar muassasalari bilan ta'minlash;
- ijtimoiy nizolarni boshqarish;
- xalq iste'mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlarining
sotilishini ta'minlash
9. Boshqarishning
tashkiliy tarkibini
ishlab chiqish
tizimi
- boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini tahlil
qilish va loyihalashtirish;
- shtatlar ro’yxatini ishlab chiqish;
- boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish.
Dostları ilə paylaş: