Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
179
Mutaassiblikdan nafratlanuvchi yangi avlod yetilmoqda. Hademay shunday kun keladiki, faylasuflar
rahbarlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Aql-idrok saltanati qad rostlaydi.
* * *
Inson yuqoriga o‘rlagan alanga va pastga sho‘ng‘igan tosh kabi tug‘ilishi bilanoq harakatga intiladi.
* * *
Bid’atni masxaralashdan cho‘chimang, do‘stlarim. Menimcha, bid’atni mahv etish uchun uni kulgili
qilib ko‘rsatishdan yaxshiroq vosita yo‘q. Kulgili narsa esa xavfli bo‘lolmaydi.
* * *
Doimiy huzur-halovatni yo‘q deb hisoblasa ham bo‘ladi.
* * *
Bizga doimo boriga shukr qilishni, orzu-istaklaru qiziquvchanlikni jilovlashni, notinch ko‘ngilni
itoatda tutishni maslahat beradilar. Bu juda yaxshi. Ammo bunday pand-nasihatlarga doim amal
qilganimizda hozir ham dub yong‘og‘ini tanovul qilib, ochiq osmon ostida uxlayotgan bo‘lardik.
* * *
Odatiy bo‘lib qolgan narsalar kam qadrlanadi.
* * *
Ehtiros kema yelkanlarini shishiruvchi shamoldir. Shamol ba’zan kemani cho‘ktirib yuborsa-da, lekin
usiz suzib bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa xavfli va ayni damda muhimdir.
* * *
Noo‘rin go‘zallik o‘limga mahkum.
* * *
Faqat tabiiy narsalargina go‘zaldir.
* * *
Tabiatan in’om etilmagan qobiliyatni hech qaysi yoshda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Ammo yo‘l
qo‘yilgan xatoni istalgan vaqtda tuzatish mumkin.
* * *
Men doim o‘z metafizikamni axloqqa yaqinlashtirishga harakat qilaman.
* * *
Sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo fikringizni aytish huquqingiz uchun hayotimni
beraman.
* * *
Falsafa bizga olam tushunarsiz mangu borliq ekanligini o‘rgatadi. Ammo u olamning sifatlari va
tarkibi haqida aniq so‘z aytolmaydi. Borliqning tabiati biz uchun mutlaqo anglab bo‘lmasdir.
* * *
Kimdaki, o‘z yoshining ruhi bo‘lmasa, u shu yoshning barcha g‘am-alamlarini tortishga mahkumdir.