Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
39
narsa yetishmayotganini, ya’ni malikaning qabriga hayoti davomida sira g‘am chekmagan uchta
odamning ismini yozish kerakligini, shunda malika o‘sha zahoti tirilishini aytadi. Tabiiyki, qudratli
hukmdor bitta ham g‘amsiz odamni topolmaydi. Shunda Demokrit odatdagidek kulib, Doroga qarata
shunday deydi: «Ana shunaqa noshukur zot, g‘am-tashvish faqatgina sening boshingga tushgandek
ertayu kech yig‘laganing-yig‘lagan. Axir, aqalli bitta ham g‘amsiz odamni topolmading-ku!»
* * *
Olamlar son-sanoqsizdir, — deb yozadi Demokrit. — Ular turlicha kattalikda bo‘lib, sarhadsiz
bo‘shliqdan vujudga keladi, yashaydi va halok bo‘ladi. Ularning ba’zisida Quyosh ham, Oy ham yo‘q.
Ba’zilarida esa Quyosh va Oy biznikidan kattaroq, ayrimlarida ularning soni bir nechtadir. Olamlar
orasidagi masofa turlicha bo‘lib, ba’zi joylarda ular g‘uj-g‘uj, boshqa yerlarda siyrak joylashgan. Ba’zi
olamlar o‘sish jarayonini, ayrimlari taraqqiyotining eng gullagan davrini kechirayotgan bo‘lsalar,
boshqalari halokatga yuz tutganlar. Bir joyda olamlar tug‘ilsa, ikkinchi joyda g‘oyib bo‘ladi. Ular bir-
birlari bilan to‘qnashib, halokatga uchraydilar. Ba’zi olamlarda jonzotlar ham, o‘simliklar ham, suv
ham bo‘lmaydi.
* * *
Sarhadsiz fazoda men kabi sanoqsiz demokritlar mavjuddir.
* * *
O’ta qo‘pol so‘zlayotgan bir odamni ko‘rib, Demokrit shunday degan ekan: «Bu odam so‘zlay
olmaslikni uddalarkan-u, ammo sukut saqlashni eplay olmas ekan».
* * *
Bilimlar mo‘lligiga emas, fikrlar mo‘lligiga intilmoq joiz, — deydi Demokrit.
* * *
Ochiq-oydin so‘zlamoqlik — ozod ruhning sifatidir. Biroq uni bevaqt ijro etish xatarli.
* * *
O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.
* * *
Vijdonli va insofsiz odamlarni nafaqat bajarayotgan amallaridan, balki xohish-istaklaridan ham bilib
olish mumkin.