Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
170
SHEFSTBERI ANTONI ESHLI KUPER
(1671-1713)
Ingliz faylasufi graf Shefstberi otasining o‘limidan so‘ng lordlik yorlig‘iga ega bo‘ldi.
Zamondoshlarining guvohlik berishicha, u zukko, topqir va juda ehtiyotkor odam bo‘lgan
va umr bo‘yi ziqnafas (astma) xastaligidan azob chekkan.
Shefstberi falsafaga birinchi bo‘lib «sog‘lom fikrlash» atamasini olib kirgan. Uning
quyidagi asarlari ma’lum:
«Yaxshilik yoki xizmat tadqiqi» (1699 y.), «Tashabbuskorlik
haqida maktub» (1708 y.), «Teran aql va xushkayfiyat erkinligiga doir tajriba» (1709 y.),
«Odamlar, xalqlar, fikrlar hamda davr tavsifi» (1711 y.), «Axloqshunoslar» (1709 y.),
«Falsafiy hayot tarzi».
* * *
Men hamma narsani parda ostida yoki o‘z ustimdan ustalik bilan kulish yo‘li orqali va yoxud «har
turli narsalarga oid fikr» tarzida so‘zlashni asosiy qoida sifatida qabul qildim.
* * *
Bugun ishlarim yurishdi. Bundan boshim ko‘kka yetdi: «Olam qanday yaxshi! Hamma narsa go‘zal!
Odamlar, so‘zlar, atrofdagi muhit shunchalar yoqimli va maftunkorki, bundan ortiq bo‘lishi mumkin
emas!» Ertangi kun omadsizlik, umidsizlik, qayg‘u keltirishi mumkin. Shunda xayolimdan: «Eh, ojiz
inson! Qanchalar axloqsizsan! Odamlar orasida yashashdan ne naf? Kim uchun yozaman? Kim uchun
ijod qilaman!» – degan so‘zlar o‘tadi.
* * *
Ey, ko‘hna Birlamchi Sababkor! Sen vaqtdan ham qadimiyroq bo‘lsang-da, mangu navqironsan va
abadul-abad barq uraverasan!
* * *
Donolarning aytishicha, tabiat intiholarni bir-biriga shu qadar chambarchas bog‘laganki, ularning
biri ikkinchisini davom ettiradi va bir-biridan ajralmaydi.
* * *
Odamlarning o‘z nuqsonlariga doir so‘zlarni sabr bilan tinglashi ularning bu nuqsonlardan qutilish
sari yuz tutganidan dalolatdir.
* * *
Insondagi sog‘lom fikrni va aqliy muvofiqlikni saqlab qolishning birdan-bir yo‘li teran aql-idrokka
erk berishdir. Lekin hajv qilish taqiqlangan yerda hech qachon tafakkur erkinligiga yetishib bo‘lmaydi.
* * *
Agar odamlarga biror narsa haqida jiddiy so‘zlash taqiqlansa, ular bu narsalar to‘g‘risida hazil
pardasi vositasida so‘zlash yo‘lini tutadilar. Bordi-yu, biror narsa haqida so‘zlash butkul taqiqlab
qo‘yilsa yoki odamlar u to‘g‘risida fikr yuritish haqiqatan xavfli ekanini o‘zlari anglasalar, u holda ikki
karra pardalash va sirli yo‘sinda so‘zlashish yo‘liga o‘tadilar. Bunday suhbatni tushunish, mag‘zini
chaqish mushkullashadi. Shu tariqa mazax, masxaralash urfga aylanadi. Demak, taqiq, kinoya,
istehzo, hazilni keltirib chiqaradi. Erksizlik axloqning barham topishiga mas’uldir.
* * *
Zulm qanchalar kuchli bo‘lsa, hajv shunchalar o‘tkir bo‘ladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |