Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
29
PROTAGOR
(Taxminan miloddan avvalgi 480-410 yillar)
Qadimgi yunon faylasufi, mohir notiq Protagor Abdera shahrida tug‘ilgan. U
sofistlardan bo‘lib, talabalarga falsafa, notiqlik va bahs san’ati (eristika)dan saboq
bergan. «Sofist» — qadimiy yunoncha so‘z bo‘lib, usta, yaratuvchi, ixtirochi, donishmand
degan ma’nolarni anglatadi. Ammo miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan bu so‘z
alohida ma’no kasb eta boshladi. Ya’ni falsafa, notiqlik va bahs san’atidan pullik saboq
beruvchilar sofistlar deb atala boshladi.
Dostları ilə paylaş: