www.ziyouz.com кутубхонаси
5
EZOP (Taxminan miloddan avvalgi 640-560 yillar)
Frigiyalik donishmand Ezopning peshonasiga taqdir qullik qismatini bitgan edi. Ezop ijodining eng gullagan damlari miloddan avvalgi 600 yillarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan. Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Herodot Ezopni yetarlicha mashhur bo‘lgan tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi va quyidagi 4 sifatni keltiradi: 1. Ezop masalchi edi. 2. U Samos orolida yashagan va Iadmon ismli kishining quli bo‘lgan. 3. Ezop taxminan miloddan avvalgi 560 yillargacha yashagan. 4. Uni qandaydir sababga ko‘ra Delfada o‘ldirishgan. «EZOPNING TIRIKLARGA VASIYATI»
Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa podshohni izzat qil. Chunki podshoh va
Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang qatorida hurmatla. Ota-onani senga tabiat ato etgan
bo‘lsa, ustozing seni o‘z ixtiyori ila sevadi. Shuning uchun undan ikki karra minnatdor bo‘lmog‘ing joiz.
* * *
Ertangi ishlar uchun salomatliging yaroqli va kuch-quvvating yetarli bo‘lishini istasang, kundalik
taoming sifatli va yetarli bo‘lsin.
* * *
Bevaqt o‘lim topmasliging uchun shoh saroyida eshitganlaringning hammasi ichingda o‘lsin.
* * *
Yoshing o‘tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko‘ra kech ilm olmoqlik afzaldir.
* * *
Puling ko‘p bo‘lsa quvonma, kam bo‘lsa kuyinma.
EZOP MASALLARI
Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayot-ganda suv o‘rniga ko‘zyoshlardan
foydalangan. Shu bois insonga kuch bilan ta’sir o‘tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni
bo‘ysundirish uchun imkon boricha uni yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib, ko‘nglini yumshatmoq va
ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuyg‘ulari uyg‘onishi
shubhasizdir.
* * *
Bir hukmdor Ezopdan so‘radi:
«Ne sababdan donishmandlar boylarning huzuriga ke-ladilar-u, boylar donishmandlarning huzuriga
borish-maydi?»
Ezop shunday javob berdi: «Buning boisi shundaki, donishmandlar o‘zlariga nima kerakligini yaxshi
biladilar. Davlatmandlar esa bilishmaydi. Agar bilishganda mol-dunyo g‘amida yashamasdan,
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
6
donishmandlik payida bo‘lardilar».
ZEVS VA ILON
Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul
tishlagan ko‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg‘asini qabul
qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman».
Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshili-gida ham xatar bor.
QARIYA VA AJAL
Bir qariya o‘rmonda o‘tin kesib, uni uyi tomon sudray boshladi. Yo‘l juda olis edi. Qariya holdan
toyib, o‘tinni tashladi-da, Yaratgandan o‘ziga o‘lim tilab yolvordi. Shunda Ajal hozir bo‘ldi va qariyadan
nima uchun yo‘qlaganini so‘radi. Qariya Ajalga shunday javob berdi: «O’tinimni ko‘tarishib
yuborishing uchun seni chorlagandim».
Qissadan hissa shuki, inson qanchalar baxtsiz bo‘lmasin, hayot baribir shirin.
* * *
Shohlarga yo umuman yaqinlashmaslik kerak, yo faqat ularga yoqadigan so‘zlarni aytmoq lozim.