www.ziyouz.com
кутубхонаси
111
ABULQOSIM FIRDAVSIY
(934 (taxminan) -1024 yillar)
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada
dunyoga keldi.
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim»,
«donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida
(hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod
qildi.
Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi. Lekin
bu asar Mahmud G’aznaviy tomonidan yetarli qadrlanmadi.
Rivoyat qilishlaricha, sulton G’aznaviy Firdavsiyning yozilajak «Shohnoma» asarining
har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar
tayyor bo‘lgandan keyin esa G’aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G’aznaviy karvon
orqali berib yuborgan tangalarning hammasi kumush bo‘lib chiqadi. Bundan qattiq
ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini hammollarga
ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna ichimliklar sotib oladi. Uning bu
harakatlari hukmdorga qarshi norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G’aznaviy shoirni
filning oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan yerini
tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bo‘ladi.
* * *
G’am-qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandir. Ulug‘vorlik va buzilish ham aqldandir.
* * *
Sen donishmandning mana bu so‘zlarini tinglaganmisan? U haqiqatsevarlarga shunday ta’lim
beradi: «O’ylamasdan qadam bosib, xatoga yo‘l qo‘ygan kas pushaymon bo‘ladi. U donolar nazdida
ahmoqqa, yaqinlari nazdida begonaga aylanadi».
* * *
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z,
quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali
qalbga kirib boradi.
* * *
Ne sababdan uzoq umr ko‘rmoq tilaysan? Bilasan-ku, baribir olam sirlarini hech qachon anglab
yeta olmaysan.
* * *
Yovuzlik hukmron bo‘lgan saroyning qonuni shunday: yo sen egarda o‘ltirursan, yo senga egar
o‘rnaturlar.
* * *
Ko‘hna olam udumi shunday: sirlar dengizida suzaveramiz-u, lekin hech qachon qirg‘oqni
ko‘rolmaymiz.
* * *
Donishmand dedi: «Ochko‘zlik va muhtojlik — mangu bedor ikki iblis».
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
112
* * *
Parvoz qanchalar yuksak bo‘lsa, qulash shunchalik dahshatlidir.
* * *
Aqlli so‘z dur-javohirlaru toj-taxtdan ham qimmatliroqdir.
* * *
Ey hukmdor, idrokli, saxiy, adolatli bo‘l. Elning baxti hukmdorning baxtidir.
Ey hukmdor, yolg‘onni toj-taxtga yaqinlashtirma. Doimo haqiqat yo‘lini tut.
Ey hukmdor, ezgu ishlar uchun mablag‘ni ayama. Yuragingga bir lahza ham qo‘rquvni yo‘latma.
Aks holda qo‘shni shoh dadillanib, bosh ko‘targay. Bu serkulfat hayotda dono va bardam bo‘l. Yuz
bergan har bir hodisaga munosib baho bera bil. Yana shuni bilgilki, kim osmon qadar bag‘ri keng,
saxiy bo‘lsa, o‘sha sultonlikka loyiqdir. Nodon maslahatchilardan saqlan. Tuban kishilarning so‘zlariga
quloq osma: ularning yuragida hasad mujassam. Siringni hatto eng yaqin odamingga ham aytma, aks
holda kulfatlarning keti ko‘rinmay qolur. O’zini hammadan ustun qo‘yuvchilarni mashvaratga
yaqinlashtirma.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |