Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
179
Mutaassiblikdan nafratlanuvchi yangi avlod yetilmoqda. Hademay shunday kun keladiki, faylasuflar 
rahbarlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Aql-idrok saltanati qad rostlaydi. 
* * * 
Inson yuqoriga o‘rlagan alanga va pastga sho‘ng‘igan tosh kabi tug‘ilishi bilanoq harakatga intiladi. 
* * * 
Bid’atni masxaralashdan cho‘chimang, do‘stlarim. Menimcha, bid’atni mahv etish uchun uni kulgili 
qilib ko‘rsatishdan yaxshiroq vosita yo‘q. Kulgili narsa esa xavfli bo‘lolmaydi. 
* * * 
Doimiy huzur-halovatni yo‘q deb hisoblasa ham bo‘ladi. 
* * * 
Bizga doimo boriga shukr qilishni, orzu-istaklaru qiziquvchanlikni jilovlashni, notinch ko‘ngilni 
itoatda tutishni maslahat beradilar. Bu juda yaxshi. Ammo bunday pand-nasihatlarga doim amal 
qilganimizda hozir ham dub yong‘og‘ini tanovul qilib, ochiq osmon ostida uxlayotgan bo‘lardik.
* * * 
Odatiy bo‘lib qolgan narsalar kam qadrlanadi. 
* * * 
Ehtiros kema yelkanlarini shishiruvchi shamoldir. Shamol ba’zan kemani cho‘ktirib yuborsa-da, lekin 
usiz suzib bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa xavfli va ayni damda muhimdir. 
* * * 
Noo‘rin go‘zallik o‘limga mahkum. 
* * * 
Faqat tabiiy narsalargina go‘zaldir. 
* * * 
Tabiatan in’om etilmagan qobiliyatni hech qaysi yoshda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Ammo yo‘l 
qo‘yilgan xatoni istalgan vaqtda tuzatish mumkin. 
* * * 
Men doim o‘z metafizikamni axloqqa yaqinlashtirishga harakat qilaman. 
* * * 
Sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo fikringizni aytish huquqingiz uchun hayotimni 
beraman. 
* * * 
Falsafa bizga olam tushunarsiz mangu borliq ekanligini o‘rgatadi. Ammo u olamning sifatlari va 
tarkibi haqida aniq so‘z aytolmaydi. Borliqning tabiati biz uchun mutlaqo anglab bo‘lmasdir. 
* * * 
Kimdaki, o‘z yoshining ruhi bo‘lmasa, u shu yoshning barcha g‘am-alamlarini tortishga mahkumdir.


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin