Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
58
Biz bo‘sh vaqtni qo‘lga kiritish uchun bo‘sh vaqtdan mahrum bo‘lamiz, tinch
yashash uchun esa
urishamiz.
* * *
Vijdon olijanob insonning odil hakamidir.
* * *
Ranj va alam chekmay, huzurlanmay ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin emas.
* * *
Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy
hayotda harakat qilib bo‘lmaydi.
* * *
Maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
* * *
Oshna-og‘aynilari mo‘l odamning do‘sti bo‘lmaydi.
* * *
Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir.
* * *
Jiddiylik
kulgi bilan, kulgi esa jiddiylik bilan yengiladi.
* * *
Arastu o‘z falsafasini hech qachon metafizika deb atamagan. Umuman, uning zamonasida bunday
atama bo‘lmagan. Bu yangi so‘zni miloddan avvalgi 1 asrda Iskandariya kutubxonasining
qo‘riqlovchisi rodoslik Andronik tasodifan «o‘ylab topgan». Ya’ni bir kuni Arastuning qo‘lyozmalari
o‘ramini javonga taxlash chog‘ida u avval tabiiyot haqidagi «kitob»larni,
keyin esa falsafiy
mazmundagi asarlarni tartib bilan joylashtiradi. «Keyin» so‘zi yunoncha «meta» degan ma’noni
anglatadi. Shu tariqa metafizika so‘zi paydo bo‘ldi («meta» — keyin, «fyuzik» — lotincha tabiiyot
ma’nosini bildiradi). Bir qarashda tasodifan yuzaga kelgan bu so‘z buyuk taqdir «egasi» bo‘ldi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: