Ahmad Yassaviyning qarashlari uning “Devoni hikmat” asarida berilgan. Asarda hozirgi tarbiya jarayonimizda foydalanish mumkin bo'lgan juda kop jihatlarni ko'rishimiz mumkin. Yassaviyning hikmatlarida insoniy go'zallik, insonparvarlik, ma’naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go’zal axloqiy sifatlar o’z aksini topgan. Yassaviyning pedagogik qarashlaridan Pedagogika nazariyasining “Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni”, “Tarbiyaning qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari”, “Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o'quvchilaming aqliy tarbiyalash”, “Yagona o’quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanpavarlik tarbiyasi”, “O’quvshilaming mehnat va iqtisodiy tarbiyasi”, “O’quvshilaming ma’naviy axloqiy tarbiyasi”, “O’quvshilaming nafosat tarbiyasi”, “Bolalarni oilada tarbiyalash” mavzularini o'tish davrida, Pedagogika tarixidagi “VII asrdan XIV asrgasha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti”, “Tasawuf ta’limotida ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar” mavzularida, “Oila pedagogikasi”dagi bir qator mavzulami o'tishda keng foydalanish mumkin.
Yassaviyning turli insoniy sifatlar haqidagi qarashlaridan foydalanishga oid qator misollami keltirib o'tamiz. Masalan, adibning insonparvarlik targ'ib etilgan g'oyalarini boshqa allomalrning qarashlari bilan taqqoslagan holda Pedagogika nazariyasida foydalanish mumkin:
Sharqning zabardast shoirlari nafaqat buyuk mutafakkir, mutasawuf donishmandlar, balki purqudrat, hurfikr, ilg'or gumanist tarbiyachilar ham bo’lganlar. Hurfikrlilik va tasawuf bir-biri bilan chambarchas bog'liq tushunchalar hisoblanadi.
Tasawuf namoyandalari, taraqqiyparvar mutasawuflar xalq ommasining zulm va istibdodga qarshi olib borgan kurashlarida, aksariyat hollarda, g'oyaviy rahbarlik, sardorlik va sarkardalik qilganlar.
Tasawuf tariqati shayxlari, diniy-mazxabiy ulamolarga qaraganda, xalq ommasiga yaqinroq turganlar, ko’pchiligi xalq ichidan, kambag'al tabaqalardan chiqqan. Zero, tasawufda insonni takomillashtirish, Shu yo’l bilan uni ulug'lash va e’zozlash, Ya’ni ilohiylashtirish, insonda ham Ollohga xos sifatlami tarbiyalash va shu yo’l bilan uni Ollohga yaqinlashtirish asosiy muammo hisoblangan. Darvesh qiyofasidagi Inson o’zini Xudoga yaqin, deb bilgan.
Tasawufdagi asosiy masala o’zi pok, so'zi pok va ishi pok, to’g'ri so’z, halol, yuksak axloqqa noil, har tomonlama komillikka erishgan insongina Alloh vasliga musharraf bo’lishnni anglatadi. Tasawufiiing teran insonparvarlik mohiyati ham ana shunda yaqqol ko’rinib turibdi.
Tasawuf gumanistik ahamiyatga molik axloqiy tarbiya bilan ham chambarchas bogliqdir. Inson kamoloti islom dinida ham, tasawufda ham asosiy masaladir.
Yassaviyning tariqat va shariat haqidagi qarashicha tariqat va haqiqat botiniy poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslami tanlagan yo’lidir.
Ushbu ta’limot mazmun-mohiyatidan qo’yidagi talqin kelib chiqadi:
Shariat-ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar, bayondir xizmatdir. Haqiqat -ko’rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir.
Sharqning yirik allomalaridan biri, Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiy «Suhbatul abror» dostonida futuvatga ta’rif berib, bu awalo past xislatlami tark etib, oliyjanoblikni kasb etish, deya ta’kidlaydi. Futuwatning birinchi sharti-miskinlar dardiga davo bo’lish:
Chand ro’ze zi mustaqimon bosh,
Dar payi hojati miskinon bosh.
Sham’ shav, sham’, ki xudro so’zi,
To ba on bazmi kason afro’zi?
Ma’nosi: Bir necha kun dinu-diyonati mustahkamlar safida bo’l, miskin g'ariblaming hojatini chiqarishni o’yla. Sham’ bo’lgin, sham’, toki o’zing yonib, o’zgalar bazmini yorita olsang!
O'zi yonib, o’zgalar kulbasini yoritish miskinlar bazmini obod qilish Qanday sharafli va oliyjanob insoniy xislat! Bizning ulug' insonparvar donishmandlarimiz o’zimbo’larchilik falsafasini rad etib ana shunday ezgu g'oyalami olg'a surganlar. Insoniylikni ilohiylik darajasiga ko’targanlar. Jomiyning fikriga kura javonmard xuddi bahor bulutiday hammaga birday saxovat yomg'irini yog'dirmog'i, xuddi ko’z gavhari kabi o’zgalarni ko’rib, o’zini ko’rmasligi lozim. Bu komil insonning sifati ham, chunki ko’z komil inson timsolidir. Komil inosn hech qachon o’zini o’ylamaydi, u hamisha boshqalar g'amidayuradi.
Yassaviy ta’limotida insonparvarlik, insonni ulugTash eng asosiy g'oyalardan biri bo Tib hisoblanadi. Bu faqat unda emas, balki yurtboshimiz ta’kidlaganidek:
“Insonparvarlik- bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo’ravonlik uning tabiatiga yotdir. Bizning xalqimiz o’zining voqealarga boy ko’p ming yillik tarixi davomida ko’p narsalami boshidan kechirdi-madaniyat, ilm-fan, o’z davlatchiligi yutug’lari nashidasini surdi, o’zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi, eng yaxshi o’g’il-qizlaridan judo bo’ldi. Lekin tarixning o’yini ham, omonsiz jangu - jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushirolmadi. O’zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug’lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalaming qayg’usiga hamdardlik mujassamlashgandir”
Haqiqatdan ham awallari biror kishi musofir bo’lib, choyxonaga kelib qolsa mahalla ahli uni uyiga taklif qilgan.
Insonlar ixtiyoriy ravishda sadaqa qilganlar, jamg’arma boyliklaridan kambag’al oilalarga yordam tariqasida berganlar. Xonadon boshiga tashvish tushganda yordam berish an'ana bo’lib qolgan. Bunday olijanoblik, himmat, insonparvarlik o’zbek xalqining qoniga singib ketgan. Odamlar o’rtasidagi munosabatlar hamjihatlik sarchasmasidan parvarish topgan kishining ko’ngli hamisha to’g’ri bo’ladi va har qanday og’ir mushg’ulot ham osonlikcha bartaraf etiladi.
Ahmad Yassaviy insonparvarlik odamiylik, saxovat, g’ariblarga yordam masalasiga alohida ye'tibor beradi. Buni bir qancha hikmatlarda ko’rish mumkin: G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi,
O’shal tuni me'roj chiqib diydor ko’rdiyu
Qaytib tushib g’arib yetim izlab yurdi.
G’ariblami izin izlab tushdim mano.
Yoki:
G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi,
Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon.
Taom tortsang, joning bila qilg’il ehson,
Haqdin eShitib, bu so’zlami aydim mano.
Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning dunyosi nsonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb biladi.
Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik kabi illatlarga qarshi kurash salbiy axloqiy g’oyalar ham o’z ifodasini topdi. U molu- dunyo, mansab uchun mukkasidan tushgan qozi- imomlar,hokimlar, amaldorlarga nafrat bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko’zi bilan qarashga, g’arib- yetimlarga ozor yetkasmaslikka chaqiradi.
Nafaqat Yassaviy, balki tasavvufning barcha tariqatlarida, tasawuf ahlining barchasining ijodida insonparvarlik boSh masala bo’lib hisoblanadi. Ularda insoniylik va insonparvarlik turli tomonlari tahlil etiladi.
Navoiyning zamondoshlaridan biri- tasawuf ta’limotining chuqur bilimdoni, mutafakkir alloma Voiz Koshifiy «Futuwatnomai sultoniy» asarida javonmardlik udumlari, ilmu-amali barobarida tasawuf haqida ham ko’p fikrlami bayon etadi.
Koshifiyni fikricha, tasawuf singari futuwat ham ruh ilmidir. «Futuwat ilmining o’z mavzusi bor, bu mavzu inson ruhi hisoblanadi. Zero insonni ruhini tarbiyalash parvarish etish orqali uni go’zal va hamda (yoqimli) xulq-atvorli, fazilatli qilib yetishtirish mumkin».
Boshqa bir ta’rifida Koshifiy keltiradi: Futuwat deb omma orasida yaxShi sifatlar va namunali ahloq bilan mashxur bo’lishni aytadilar.
Koshifiyning tasnifiga ko’ra, futuwatning uch martabasi bor. Bular saxo (saxovat), Ya’ni bor narsani hech kimdan qizg'onmaslik: safo, Ya’ni qalbini kibru xavo, gina - qudrat, qasb - g'azabdan xoli va pok tutish: vafo, Ya’ni hamma valq xizmatida bo’lish.
Xazrat Navoiy yozadi:
Muruwat barcha bermakdur, yemak yo’q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo’q.
Ya’ni o’zing yemaginda, boshqalarga bergin, bu chin muruwat bo’ladi, yaxshilik qil, xojatni chiqarginda orqasidan gapirib yurma, xatto maqtanmagin ham, bu futuvvat axliga xos emas.
Tasawufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «Nafs» yoki «Nafsi amora» deb atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol dunyo to’plash, nafs extiyojiga qarab yurish, hirsu havas qatiy qoralandi, insonni (insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan bir to’g'ri yo’li- nafsni o’ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh-irodani chiniqtira borib, insonga insoniylikni, yani ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ'ib, qilinadi. Nafsning yomonligini anglash odamning o’zini, demakki ilohiylik va ezgulikni anglashdir. Bahouddin, Naqshband hikmati: «Nafsi xudro ba badiy Shinoxtan-xudshinoxtan ast» ( «o’z nafsingni yomonligini tanish-o’zligingni tanishdir»).
Mansur Halloj vasiyati: «Nafs seni o’ziga tobe etguncha, sen uni tobe et». Alisher Navoiyning o’zi esa nafsni inson bolasining eng g'addor dushmani sifatida tariflaydi.
Turkistonning ulug' avliyosi Ahmad Yassaviy nafsni insoniylik duShmani, iymon dushmani deb qoralaydi, chunonchi:
Zolim nafsin hech qo’ymayin o’yga soldi,
Nafsim qochib chin oshiqlar Olloh dedi.
Yoki nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldin ozib, toyib tuzib, gumrox bo’lur.
Yotsa qo’psa Shayton bilan xamrox bo’lur,
Nafsni tepgil, nafsni tepgil ey badkirdor!.
Tasawuf ta’limotidagi allomalarimizni o’ziga jalb qilgan yana bir xolat, so’fiylaming «Inson insonning birodari», jumladan, boyu kambag'al ham bir - biriga birodar, degan g'oyasidir.
Maskur Shiorga asoslangan, bugungi kunda BMT joylashgan binoning peshtoqida ko’pgina tillarda tarjima qilib osib qo’yilgan Shayx Sadiyning quyidagi qit’asi bugungi kunda ham o’z mavqeiga egadir.
Bani odam a’zoi Yakdigarand,
Ki dar ofarinish zi yak gavxarand.
Chu uzve ba daru ovarad ro’zgor,
Di gar uzvxoro namonand qaror.
Tuk-az mehnati digaron beg'ami,
Nashoyad, ki nomat nihand odami.
Ma’nosi:Bani odam bir - birining a’zolaridir. Chunki, yaratilganda ular bir gavxardan olingan. Hayot bir a’zoni og'ritganda qolganlari ham zirqiraydi. Shuning uchun agar sen boShqalar uqubatidan bexabar bo’lsang, seni odam deb atashga arzimaysan.
Shayx Sadiyning xulosasiga ko’ra bani odam bir - birining a’zosi bo’lgandan keyin, garchi Ollohning irodasi bilan birov Shoxu, birov darveSh, birov boyu, birov kambag'al bulsa-da, lekin tananing bir a’zosi og'riganda boshqalari zirqiragani kabi, benavo darvesh ochlikda nola chekkanda, moldor odamning ham vujudi qaqshamog'i kerak, uning ko’ngliga shavqat uyg'onib, darveshga yoyordam qo’lini cho’zishi lozim; Shox esa rayyati bilan bir tanu bir jondir, ular bir- biridan ajralib, o’zaro muxolif bo’lganda mamlakat xarob bo’lishi muqarrar.
Bir so’z bilan aytganda Sharq Shoir - mutafakkirlarining aksariyati tasawuf ta’limotidan kuch-oziq olib ijod qildilar. Natijada ko’pgina pandnomalar, hikmatlar va boshqa ruhiy noan’anaviy kamolotga hidoyat qiluvchi manba- asarlarl paydo bo’la boshladi.
Ko’p Shoirlarda dunyoviylik bilan ilohiy Ya’ni irfon qo’shilib zuhur etdi. Hofiz Sheroziy, Sa’di Sheroziy, Kamol Xo’jandiy, Jomiy va Navoiy ijodida dunyo go’zalligi, ilohiy husnu - jamolning davomi va moddiy ifldasi sifatida olib qaraladi.
Navoiy «Hamsa» sida, yaxshi odam - xush axloq, odil va oqildir deb talqin qiladi. Yaxshilaming yaxshisi - yeru ko’kni bir nazar bilan qamrab olgan Baxouddin Naqshband yoki oriflar - orifi Abduraxmon Jomiylarni komillik timsoli deb ko’rsatadi.
Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy faoliyatidagi achchiq hayoti, tajribalari, tasawufga uni yana yaqinlashtiradi. Ulug' Shoir ilohiy ishq, haqiqat, ruhiy kamolot muammolarini har qachongidan keng va teranroq tadqiq qiladi. Alisher Navoiy tasawufga murojaat etib, butun e’tibomi inson ahloqini poklaShga qaratadi.
Uning asarlari jamiki odamzotga mehnat va halollikdan, do’stlik va hamkorlikdan, rostgo’ylik, sofdillik va samimiylikdan muhim hayotiy saboq beradi. Xaromxo’rlik va adolatsizlikni, fitna -fihnur, o’zaro nizo va qonli to’qnashuvlami, vayrongarchiliklarga sabab bo’ladigan urushlami esa qoralaydi. Alisher Navoiy ta’limoti faqat milliy ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, umumba shariy qimmatga ham egadir.
Xulosa qilib aytganda tasawuf ta’limoti insonni ulug'laSh, hayotini qadriga yetish, umrini oqilona o’tkazish g'oyalarini targ'ib qilishga nazariy zamin xozirlagan. Tasawuf ta’limoti Sharq olamida xozir ham fan sifatida o’rganilib kelinmoqda. Demak tasawuf ta’limotining asoschilari axloqiy poklikka, yomonlik bilan yaxshilikni farqlash, xarom - halolni bilish, egrilikdan qochish kabilami o’rgatadi.
Nodonlik, bag'ritoshlik, pinxona yovuzliklarga murosasiz bo’lishga chorlaydi. Islom ta’limotiga taalluqli bunday axloqiy qarashlami yoshlarga yetkazish, Sharqona idealistik merosga ijodiy yondoshish - milliy istiqlol mafkuramizni shakllantirishga zamin bo’lishi mumkin. Chunki, millatni tarixiy taraqqiyotni, istiqbolni ko’zlagan, xalqni-xalq, millatni - millat qiladigan, ulami dunyodagi o’mini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan mafkura jamiyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir.
Foydalanilgan adabiyotlar. Axmad Yassaviy. Ibroxim Haqqul. - T.: Gafur Gulom nashriyoti, 2001 yil.
Al-Buxoriy. Hadis, Al-jome' as-sahih. -T.: “Qomuslar” bosh tahririyati, 19911992 yillar , 1- 4-kitoblar.
N. Kornilov. Tasawuf. -T.: «Yozuvchi», 1996 y
N.Komilov. «Komil inson haqida 4 risola». -T.: «Ma’naviyat»,1997 y.
Kubro Shayx Najmiddin. Jamoling menga bas: Ruboiylar /Forsiydan Matnazar Abdulxakim tarj.-T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.-64 b.
Isoqulov, M. (2021). OOPMHPOBAHHE MEIIHJIEHHH MOJIO^ELKH B nPOE(ECCE OEPA3OBAHFLH - BOCHHTAH11H . TKypHan neztarornKii n ncHxojiornn b coBpeMeHHOM o6pa3OBaHnn, (1). H3BjieueHO ot http s: //ppmedu .j spi .uz/index .php/ppmedu/article/view/1400
Isaqulov, M. (2020). lOnopn chhcJ) yFynunjiapn TapOnacn^a BnpTyaji CTeH^jiapHHHr yPHH- Apxue Hayviibix IlydjiUKaijuu JSPI, 1(50). H3BjieueHO ot https://science.i-edu.uz/index.php/archive ispi/article/view/6069
Isaqulov, M. (2020). Formation Of High Spiritual Qualities in Youth. Apxue Haywbix ElydjiuKaipiu JSPI, 7(98). H3BjieueHO ot https://science.i- edu.uz/index.php/archive jspi/article/view/8012
Pardayeva, K. (2019). THE GREAT UZBEK WRITER ABDULLA AVLANI’S VIEWPOINTS CONCERNING EDUCATION AND UPBRINGING. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
Pardayeva, K. (2020). IT IS IMPORTANT TO STUDY ABDULLA AVLONFS DIDACTIC HERITAGE AS A PEDAGOGICAL NEED.Apxwe Hayviibix JlydauKaijuu JSPI.
11 .Pardayeva, K., Tangirov, A., & Muxammadiyeva, S. (2020). The Use Of The Humanistic Ideas Of Khoja Ahmad Yassavi I+-9n The Teaching Of Pedagogical Sciences. Apxue Hayuuux nydjiuKaipiu JSPI. Pardayeva, K. (2020). JADID MA’RIFATI AND ABDULLA AVLONFS SOCIAL AND PEDAGOGICAL ACTIVITY. Apxue Hayuubix IlydjiuKaipiu JSPI.
Pardayeva, K. (2020). ABDULLA AVLONFS WORKS AS A METHODICAL SOURCE OF THE CONTINUOUS SPIRITUAL EDUCATION PROCESS. Apxue Hayviibix IlydjiUKaijUU JSPI.
Pardayeva, K. (2020). ABDULLA AVLONIY ASARLARI UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYA JARAYONINING METODIK MANBASI SIFATIDA. Apxue Hayviibix IlydjiUKaijUU JSPI.