Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
223
Ko‘zum andoq qorarmish tiyra zuhd ichraki,
gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichkaymen ani ko‘z qorolig‘din.
Bu gulshan g‘unchasida jola ermaskim, tish irjaytib
Kular oshufta bulbul navhasig‘a bevafolig‘din.
Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinknm,
Navo
har kimki istabtur, topibtur benavolig‘din.
439
Yetkurub erdim firoqing tunlari gardung‘a un,
Shukrkim, vasling kuni emdi ne ul undur, ne tun.
Yuz yopib, qilding uzun shomi g‘amimni, ey quyosh,
To quyosh mag‘ribqa moyil, soyasi ko‘prak uzun.
Dema: zulfum bandidin bosh chekma, bo‘ynung to‘lg‘ama,
Tig‘
agar sursangki, men bosh qo‘ydumu tuttum bo‘yun.
Tiyra ohim elga zohir qildi ko‘nglum kuymakin,
Garchi o‘t yoshunsa, ani oshkor aylar tutun.
O‘rtanib jismim, balo dashtida sargardon kezar,
Shu’ladin tarkib topqon buylakim ko‘rmish quyun.
Soqiyo, tut jom, solma tonglag‘a may va’dasin,
Tongla chun ma’lum emas, bori g‘animatdur bukun.
Ey Navoiy, qo‘l surohidek bo‘yunni quchqali
Yetmasa, bori surohi bo‘ynig‘a ilgingni sun.
440
Yuzungkim
tozaroqdur bargi guldin,
Uchar ko‘zdin vale chiqmas ko‘nguldin.
Kuyub hajringda kul bo‘ldum va lekin
Yoruqtur ishq mir’oti bu kuldin.
Ajab farxunda zote senki, odam
Mubohot aylagay sendek o‘g‘uldin.
Qulimen ishqningkim, tanlamaydur
Muhabbat shevasida shahni quldin.
Siroti mustaqim o‘ldi
shariat
Ki, jannat topmog‘ung o‘tmay bu puldin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: