Aftidan, bu Alisher Navoiyning o‘z hayoti bilan bog‘lik koqealarni aks ettiruvchi g‘azallardan biri.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
odamning hasrat-o‘kinchlari, bevafo va bebaqo dunyo, uning notanti ishlaridan norozi qalbning nidosi
ifodalangan. Klassik shoirlar o‘z anduhlari, shaxsiy kechinmalarini ham an’anaviy
obrazlarda, umumiy
tarzda bayon qilishni ma’qul ko‘rganlar, lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, ushbu she’rda an’anaviy
ifoda-istioralar zamirida samimiy insoniy dard, motamzada yurakning fig‘on-hasrati, noxush
kayfiyatini his etamiz. Biroq, g‘azal garchi anduhli ohangda boshlanib, unda navoiyona o‘rtanish —
yonishlar g‘ulg‘ulasi avj pardada ko‘kda o‘rlagan bo‘lsa-da, asar maqta’iga kelib umumiy umidvorlik,
ilohiy ishqqa daxldorlik tuyg‘usi qalbga singadi.
Shoir g‘azalni judolik dardidan betoqat dilning g‘alayonini tasvirlash bilan boshlaydi:
Soqiyo, talx o‘ldi ayshim hajr bedodi bila,
Tut achig‘ maykim, ichay Mirzo Chuchuk yodi bila.
Agar «mirzo chuchuk yodi» degan ma’lumot bo‘lmaganida, baytni odatdagi oshiqona mazmunli
she’rlar qatorida tahlil qilgan bo‘lardik, ya’ni oshiqning hijrondagi iztiroblari sifatida talqin etardik.
Albatta, bu yerda ham ayriliq haqida gap boradi, ammo bu boshqa xildagi ayriliq. Shoir sufiyona ishqi
ilohiy yoxud sevgilisidan ajralgan odam kechinmasini emas, balki mehr qo‘ygan, aziz tutgan odamini
yo‘qotgan kishining holatini qalamga oladi. Xo‘sh, mirzo deb Navoiy kimni nazarda tutgan? Yo u
Mirzo Chuchuk laqabli odammikin? «Badoe’-ul bidoya» va «G‘aroyib-us sig‘ar» davonlarining 1988
yilgi nashrida haqiqatdan ham bu Mirzo Chuchuk tarzida yozilib, nomlar ko‘rsatkichida tarixiy
shaxslar qatorida zikr etilgan. Lekin bu odam kim? U qaysi toifadan, nima bilan shug‘ullangan,
Navoiyga qanday aloqasi borligi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan. Shoir hayotiga oid
tadqiqotlarda ham bunday ma’lumot yo‘q, uning boshqa asarlarida esa bu nomni uchratmadik.
Fikrimizcha, bu baytda Navoiy Mirzo Chuchuk laqabli odamni emas, Mirzo ismli shaxsni nazarda
tutib, uning bevaqt vafotidan g‘oyat qayg‘urayotganini izhor etgan. Ya’ni «Mirzo Chuchuk yodi bilan»
deb emas, balki «Mirzoning chuchuk yodi bilan» tarzida o‘qishimiz kerak. Baytdagi «talx» (achchiq)
va «chuchuk» so‘zlarining bir-biriga zid qo‘yilishi ham shunga ishora: Mirzoning shirin yodi bilan
achchiq may ichay. Bu odam Samarqandda yashagan va Navoiyning mehru muhabbatini qozongan,
yoshligida vafot etgan iste’dodli shoir Mirzobek bo‘lishi ham, juvonmarg Mo‘min Mirzo bo‘lishi ham
mumkin. Ammo g‘azal «Badoe’-ul bidoya» va «G‘aroyib-us sig‘ar» devonlariga kiritilganidan, u
samarqandlik Mirzobek Vafoyi xotirasiga bag‘ishlangan, degan texminimiz to‘g‘riroq bo‘lib chiqadi.
Endi baytning mazmunini keltiramiz: «Ey soqiy, ayriliqning zulmidan hayotim mayi, ya’ni turmushim
achchiq bo‘ldi, sen ham menga achchiq may tut, toki Mirzoning shirin yodi bilan ichayin». May bu
yerda oddiy sharob ham, ruhiy sarxushlik timsoli ilohiy ma’rifat nuri ham emas. Bu insoniy
kayfiyatning, ruhiy iztiroblarning yig‘ma ifodasi — g‘amu hasrat ramzi. Shunday qilib, may faqat
shodlik va surur, dilxushlik ifodasigina emas, motamzadalik, anduhning ham ifodasidir. Farq shundaki,
«ayshning talx» o‘lishini ifodalovchi may «achchiq may»dir. Ikkinchi bayt:
Sipqorib jomi sipehr, aqdohin aylay rez-rez,
Necha chekkayman zabunlug‘ charx bedodi bila.
«Sipehr»—osmon, falak; «aqdoh» — qadahlar. Shoir bu so‘zlar vositasida ajoyib istiorali tasvir
yaratgan: osmon jomida may ichib, uning qadahlariii mayda-mayda qilib tashlayman, deydi u.
Qadimgilarning tasavvurida osmon yetti qavatdan iborat. Navoiy ana shu qavatlarning har birini bir
qadah deb oladi va sho‘rishu osho‘bim shunchalik zo‘rki, osmon jomini sinqorib, qabatlari —
qadahlarini chil-chil qilib sindirib tashlayman, deydi u. Chunki charxi falak — osmonning zulmi
haddidan oshgan, qachongacha undan alam, xorlik chekish mumkin? «Hajr bedodi»ni shoir «charx
bedodi» bilan bog‘laydi, zero do‘stni do‘stdan judo etgan, bir dam shodlikni ravo ko‘rmaydigan
g‘addor dushman shu zabun (past) va sitamgar charx-da! Bu o‘rinda shunday savol tug‘iladiki,