Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

31

yo‘q bu vodiyda». G‘azal N-voiyga xos shunday mantiqiy yakun — shoirona ruhbaxsh ohang bilan 



nihoyasiga yetgan. 


Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

Muxammad ALI 

 

EL KOMIN RAVO AYLA... 

 

Ko‘ngillar nolasi zulfung kamandin nogahon ko‘rgach,  



Erur andoqki, qushlar qichqirishqaylar yilon ko‘rgach. 

 

Ko‘ngul chokin ko‘zumda ashki rangin elga fosh etdi,  

Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach. 

 

Ko‘zum qon yosh to‘kar, netib ko‘ngil zaxmin yashuraykim,  

Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko‘rgach. 

 

Bo‘yolg‘on qon aro jon pardasi yetgach g‘ami hajring,  

Ko‘ngil bog‘ida bargedurki ol o‘lmish xazon ko‘rgach. 

 

Xadanging zaxmi ichindin balolarni yug‘on yoshim  

Erur tifle ki, olg‘ay qush bolasin oshyon ko‘rgach. 

 

Ko‘ngillar naqdini toroj etarga yopmog‘ing burqa’  

Aningdekdurki, toz bog‘lar qaroqchi karvon ko‘rgach. 

 

Yuzin zulf ichra to ko‘rdim, o‘lib vasliga yetmasmen,  

G‘alat ermish yuz urmoq, kecha o‘tni har qayon ko‘rgach. 

 

Erun chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,  

Bas, el komin ravo ayla, o‘zingii komron ko‘rgach. 

 

Navoiy, xurdai nazmingni andoq aylading tahrir,  

Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon ko‘rgach. 

 

O‘zbek klassik she’riyati sirlarga to‘la bir olamdir. Bu olamning tagiga yetdim degan kishi xatoga 



yo‘l qo‘yadi. Bu bepoyon osmonni quchmoqqa urinish bilan barobardir. Qolaversa, u yoki bu shoir 

ijodining, ayrim g‘azalning talqiii hamisha ham bir kishi tomonidan aytilgan fikr, ya’ni xususiy fikr 

bo‘lib qolaveradi. U bizga yoqishi ham, yoqmasli-gi ham mumkin. Umuman olganda esa, buyuk 

she’riyatimiz ayniqsa Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga intilmoq zarur, murakkab, ammo marg‘ub 

ishdir. 

Alisher Navoiy g‘azallarida hamisha «kosa, kosaning tagida nimkosa», balki nimkosalar mavjud 

bo‘ladi. Biz, albatta, baholi qudrat, imkon yetgancha ilg‘aymiz. «Ko‘ngillar nolasi..» deb 

boshlanguvchi g‘azal tepasiga shoir: «Chim» harfining chobuklarining chehra kushoiishi «G‘aroyib 

din» degan so‘zlarni yozib qo‘ygan. Bu — g‘azalning «G‘aroyib-us sig‘ar» devoniga mansubligini 

bildiradi. Hazaj bahri shu’basida yozilgan ushbu g‘azal juda ko‘p fazilatlarga ega. U birinchi qarashda 

aniq bir mavzuga bag‘ishlanmagandek tuyuladi. Ammo... Baytning birinchi misrasi ilgari surilgan 

fikrning isboti uchun ikkinchi misrada bir ajoyib obraz keltiriladi. Bu obraz o‘zining mutanosibligi 

bilan kishini hayratda qoldiradi, har bir so‘z, tashbeh, o‘xshatish bir-biriga mos, maqbul... 

Birinchi bayt, matla’ga e’tibor bering: 



 

Ko‘ngillar nolasi zulfung kamandii nogahon ko‘rgach,  


Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin