www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Erur andoqki, qushlar kichqirishqaylar yilon ko‘rgach.
Mutanosibliklar: ko‘ngil – qush, nola – qichqiriq. Zulf – ilon; ko‘ngil chindan qushga o‘xshaydi,
parvozni xush ko‘radi: nola aslan ham qichqiriqdir, zulfning esa ilonga o‘xshashligi ayon. Klassik
she’riyatda bir so‘z faqat bir ma’noni bildirmaydi, balki hali aytganimizday, tagida nimkosasi ham
bo‘ladi. Masalan, ushbu baytda «ko‘ngil — qush» dedik, yo‘q, u bu yerda insonni bildiradi, «zulf»,
tasavvufga ko‘ra, o‘zgaruvchan olam timsoli, beqarorlik ramzi. Shu vajdan ham u ilonga
o‘xshatilmoqda, ilon esa hamisha beqarordir, hamisha o‘zgarib turadi. «Kamanda» — tuzoq,
ko‘ngillarni ilintiruvchi tuzoq, band deganidir. Shularga ko‘ra, baytdagi «kosa» ushbudir: ko‘ngillar
zulfing halqasini ko‘rgach, bamisli ilon oldida turgan qushlarning qichqirganlariday nolalar aylaydi.
Biz ilg‘agan «nimkosa»: kishi bu olamning beqarorligidan azob tortadi, uning tuzoqlarida nola
chekadi. Ikkinchi satrdagi «qush» — endi qush emas,— odam, qichqiriq — oh-faryoddir, ilon esa bu
olamning balo-qazolari timsolidir.
Ikkinchi baytda:
Ko‘ngil chokni ko‘zumda ashki rangin elga fosh etdi,
Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach,
— misralarini o‘qiymiz. Odatda har bir baytning o‘z «umri», o‘z «tashvish»lari bor. Ular bir
qaraganda o‘zaro bog‘lanmagandek, lekin mazmunan mushtaraklik birlashtirib turadi. G‘azalni, ta’bir
joiz bo‘lsa, bir kichik qishloqqa o‘xshatgim keladi. Baytlar bamisoli uylardek, darvoqe, «bayt»
so‘zining bir ma’nosi uy ham demakdir. Bu yerda ham shundoq. Hajringda ko‘nglim chok-chokidan
so‘kilib ketdi, buni ko‘zimdan oqqan rangin yoshlarimdan ham bilsa bo‘ladi – fosh etib turibdi. Axir
daryo yuzida qonli suvni ko‘rgan kishilar, baliqning jarohatlanganligini tez fahmlab oladilar. Ko‘ngil –
balig‘, chok – zaxm, ikkisi ham ko‘zdan nihonligi bilan o‘xshash; ko‘zdagi ashk – daryodagi qon, fosh
etmoq – fahm aylamoq bir-birlariga mutanosib tushunchalardir.
Uchinchi baytda esa buning aksi: ko‘zim-ku qonli yosh to‘kmoqda, bas, ko‘nglimdagi jarohatni
yashirib o‘ltirishga hojat bormikin? Axir yerda sayd (ov qilingan qush, ilvasin va h.k) qonini
ko‘rganlar uning yarador bo‘lganligini darrov anglab oladilar-da.
Bo‘yolg‘on qon aro jon pardasi yetgach g‘ami hajring,
Ko‘ngil bog‘ida bargedurki, ol o‘lmish xazon ko‘rgach.
...G‘ami hajringdan jon pardasi qonga chulg‘apib bo‘ldi, bogdagi barg ham xazon fasli yetganda
qizgish tusga kiradi... Bu yerda ham mutobiq (parallel)lar: jon pardasi – barg, g‘ami hajr – xazon fasli,
bo‘lmoq – ol o‘lmoq. «Ko‘ngil» so‘zi esa butun borliq ma’nosida kelmoqda.
Beshinchi bayt. Vujudimda ishqing kamoni otgan o‘qdan paydo bo‘lgan zaxmlarni balolarii
betinim ko‘zyoshlarim yuvayotir, bu xuddi bolalarning qush uyasini ko‘rib jish poloponlarni
olishlariga o‘xshaydi. Zaxm ichi — oshyon, balolar — qush bolalari (tajnis ko‘rinishi), ko‘zyoshlar —
bolalar mutobiqlari chiroyli.
Oltinchi baytda undan ham yorqin, tiniq manzara chiziladi: ko‘ngillar naqdini talon-taroj etmoq
uchun yuzlaringga burqa’ (parda) tashlab olibsan, ha-ha, qaroqchi ham karvonga tashlanish oldidan
yuz-ko‘zlariga niqob kiyib oladi... Biri-chi misradagi mavhum tasvir ikkinchi misradagi ajoyib obraz
bilan katta hayotiy manzara kasb etadi.
Yuzin zulf ichra to ko‘rdim, o‘lib vasliga yetmasmen,
G‘alat ermish yuz urmoq, kecha o‘tni har qayon ko‘rgach.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |