Abdurashid ABDUG‘AFUROV
«TILIM LOLU SIRISHKIM QON»
Balo dashti aro Majnun meningdek ko‘rmamish davron,
Quyundek har zamon bir ko‘rmagan vodiyda sargardon.
Ne anduhu malolimga baliyat dashtidek g‘oyat,
Ne savdoyu jujunimga malomat bahridek poyon.
Tunum dayjur, o‘zum ranjur, ichim g‘amnoku bag‘rim chok,
Tilim lolu tanim behol, ishim afg‘on, sirishkim qon.
Zaifu dardu g‘am pesha, nahifu mehnat andisha,
Zalilu besaru somon, qatili xanjari hijron.
Fig‘onimdin falak g‘amgin, sirishkimdin jahon rangin,
Na ishqim o‘tig‘a taskin, na hajrim dardig‘a darmon.
Boshim g‘am toshidin pora, tanim hajr o‘qidin yora,
Ko‘ngul bu yorag‘a chora toparg‘a topmayip imkon.
Ko‘zum namliq, bo‘yum xamliq, ichim anduhu motamliq,
Na hamdamlik, na marhamliq topib bu mehnati pinhon.
Manga ne yoru ne hamdam, manga ne do‘st, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru ne osmon.
Bu ahvoli tabohimdin, fig‘oni umrkohimdin,
Ham o‘tluq dudi ohimdin qarorib kulbai ahzon.
Falak rahzan, zamon dushman, badan ravzan uza ravzan,
Qolib jon xisravidin tan, chiqib, tan kishvaridin jon.
Navoiy, bo‘lsa mehnat ko‘p ichoko‘r jomi shirat ko‘p,
Necha bo‘lsa suubat ko‘p, qilur vahdat mayi oson.
Vu g‘azal faqat Navoiy merosidagina emas, balki butun o‘tmish she’riyatimizdagi ijtimoiy
lirikaning eng yorqin namunalari jumlasiga kiradi. U «Xazoyin-ul maoniy»ni tartib berishda shoirning
o‘zi tomonidan yigitlik yillari devoni sifatida tasnif etilgan «Navodir ush-shabob» tarkibiga kiritilgan
bo‘lsa-da, aslida, qarilik yillari ijodiy faoliyatiga mansub.
Lirik qahramon — muallif «men»ining ichki hayajonli hayqirig‘i kabi jaranglovchi bu g‘azal
davron jabru zulmiyu taqdir kemtikligidan, falak bedodiyu mashaqqatli turmush tashvishlaridan,
zamona ahlining shafqatsizligiyu insonning beqadrligidan mungli shikoyat va keskin norozilik tarzida
yozilgan.
Uning, beistisno, har bir misrasi erk-huquqlari, g‘urur-sharafi zo‘ravonlik bilan toptalgan, ham
ma’naviy, ham jismoniy ayovsiz ezilgan pokiza va halol insonning chuqur iztirobi, ayni zamonda,
cheksiz qahri bilan yo‘g‘rilgan. Xuddi shu boisdan butun g‘azaldan zamonadagi qandaydir yovuz
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |