Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

41

 



Manga ne yoru ne hamdam, manga ne do‘st, ne mahram,  

Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru ne somon! 

 

Bunday ayanchli, nochor ahvolimdan, o‘tliq nolayu ohimdan burqsib chiqayotgan tutun qayg‘u-



hasrat g‘amxonamni yanada qoraytirib, qorong‘ulashtirib yuborgan: 

 

Bu ahvoli tabohimdin, figoni umrkohimdin,

3

  

Ham o‘tluq dudi ohimdin qarorib kulbam ahzon! 

 

Navbatdagi bayt, shubhasiz, g‘azalning shohbaytidir. Unda poyama-poya baland pardaga ko‘tarila 



borgan shikoyat, norozi-lik, qoralov yuqori cho‘qqiga chiqqan. Endilikda yana ijtimoiylik old o‘ringa 

o‘tadi — lirik «men» «falak»ni ochiqdan-ochiq qaroqchi, yo‘l-to‘sar, boru yo‘gini zo‘rlik bilan shilib 

oluvchi «rahzan» deya qoralaydi, «zamon» esa unga nisbatan «dushman»ning xuddi o‘zi. Ana shu 

«rahzan» va «dushman»larning yovuz qilmishlaridan uning a’zoyi badaii «ravzan uza ravzan», ya’ni 

ilma-teshik, xuddi shu «rahzan» va «dushman»larning kasrat-kasofatidan jon ixtiyoridan tan chetda 

qolib, tan mulkini jon tark etgan, boshqacha aytganda, tandan jon, jondan tan ayrilishga majbur 

bo‘lgan: 

 

Falak rahzan, zamon dushmai, badan ravzan uza ravzan,  

Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon! 

 

G‘azaliing so‘nggi yakunlovchi bayti faqat ichki qofiyaligina emas, balki ichki radiflihamdir. U 



shoirning o‘ziga taskin-o‘git aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Ey Navoiy, deyiladi unda, azob-

uqubat, qayg‘u-musibat qancha ko‘p bo‘lsa, ishrat jomini — shodlik va xushnudlik, xursandchilik va 

xurramlik qadahini shu qadar ko‘p ichaber; chunki barcha qiyinchilik va mushkullikni vahdat mayi 

oson qiladi. 



 

Navoiy bo‘lsa mehnat ko‘p, ichako‘r jomi ishrat ko‘p, 

Necha bo‘lsa suubat ko‘p qilur vahdat mayi oson! 

 

Navoiyning bu g‘azali mohiyatan insoniy qadr-qimmat, shon-sharaf, erk-huquqning poymol 



etilishiga qarshi kuchli norozilikning lirik vositalarda juda ta’sirchan ifodalashning yorqin 

namunasidir. Yovuz kuchlarning zo‘ravonligidan dardli shikoyat isyonkor ruh bilan uyqash yuzaga 

chiqqan bu g‘azal badiiy jihatdan ham barkamoldir. U keyingi asrlar o‘zbek va qardosh turkiy xalqlar 

ijodkorlariga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, buyuk ozarbayjon shoiri Fuzuliy merosida Navoiy 

g‘azaliga ham mazmun va ijtimoiy ruh, ham badiiy vositalariga ko‘ra juda yaqin g‘azal mavjud-ki, bu 

o‘rinda biz uning faqat boshlang‘ich baytini keltirish bilan cheklanamiz: 



 

Do‘st beparvo, falak berahm, davron besukun!  

Dard-cho‘x, hamdard-yo‘q, dushman qaviy, tole’ zabun! 

 

Navoiyning bu gazaliga bir qator ijodkorlar, jumladan, XIX asr boshlarida qalam tebratgan iqtidorli 



shoir Muqimiy va Furqatlarning yaqin do‘sti Muhayyir, shuningdek, Muhyilar taxmis boglaganlari 

ma’lum. 


G‘azal iashridagi yuqorida qayd etilgan xato-nuqsonlarni biz Muhayyir tahmisiga asos bo‘lgan 

                                                      

3 Bu misra nashrda: X,am ahvoli tabohimdin, ham ohi umri gohimdin — shaklida xato berilgan 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin