www.ziyouz.com kutubxonasi
44
kechinmalari, olami g‘ayb sori parvozi tasvirlangan.
Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo‘l bo‘rtoq,
Bu yo‘lda salb etib o‘zlik yukin, o‘zni sabukbor et,
— deydi Navoiy boshqa bir o‘rinda. Yuqoridagi g‘azal qahramoni «o‘zni sabukbor» eta olgani
uchun ham «uchib qochmoq» niyatiii ochiq izhor qilgan:
Parim bo‘lsa uchub qochsam ulusdin to qaiotim bor,
Qanotim kuysa uchmog‘din, yugursam to hayotim bor.
«Parim bo‘lsa» demoq bilan odamda par paydo bo‘la qolmaydi. «Uchub qochsam» deyish ulusdan
qutulish chorasi emas. «Qanotim kuysa...» Darvoqe, qanot iimadan kuyadi? Quyosh otashidanmi?
Yo‘q, husn quyoshining nuridan. Navbatdagi baytni o‘qib anglaymizki, lirik «Men» «Parim bo‘lsa
uchub qochsam...» deya asossiz so‘zlamagan ekan. Unga samoga uchgan Iso payg‘ambar o‘rnak. U
Isoga hamnafas bo‘lmog‘ni istaydi:
Chiqib bu dayrdin Isog‘a nechun hamnafas bo‘lmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Dayrdin chiqmoq — bu dunyoni tark qilmoq. Ammo «nobakor olam»dan baland ko‘tarilish uchun
ham qanot kerak. Shu ma’noda tajarrud — voz kechish va himmat tilga olingan.
Diydortalab oshiqlarning suhbati — ilohiy suhbat. Ular uchun, Ibn Arabiy aytmoqchi, jimlik va
sukut oriflikning oliy belgisi, negaki, «bilgan gapirmay, gapirgan bilmaydi». Haqiqiy ishq ahlining
iqroriga ko‘ra, «Qay yerda tinchlik bo‘lsa, Haq ila birlik bo‘lar». Xaloyiqning o‘tkinchi manfaatlarga
daxldor mashmasha va g‘avg‘olari ana shu xayoliy birlikka xalal beradi.
Xaloyiq suhbatidin ming g‘amim bordurki, muft o‘lg‘ay,
Agar ming jon berib bilsamki, bir g‘amdan najotim bor.
«Xaloyiq suhbatidin ming g‘am» iskanjasida qolgan kishi najot tilashi tabiiy. Ammo bu «ming
g‘am»dan bittasida ham najot yo‘q. Agar bo‘lganida tekinga «ming jon berib» bo‘lsa-da, uni bilish
mumkin.
Chekib ag‘yordin yuz javru tortib yordin ming g‘am,
Ne o‘zga xalqdin g‘ayrat, ne o‘zimdin uyotim bor.
Birinchi misrada gap yor va ag‘yor haqida. Ag‘yor — dushman yoki g‘anim. U yuz javr ko‘rsatgan
bo‘lsa yor yoxud do‘st ming g‘am yetkazgan. Shu bois o‘zdin ham «o‘zga xalqdin» ham
uzoqlashilgan.
«Raqib», «ag‘yor» deganda biz salbiy qiyofadagi inson to‘g‘risida o‘ylashta ko‘nikib qolganmiz.
Holbuki, tasavvuf adabiyotida «raqib» va «ag‘yor» haqidagi fikrlar nafsga doirdir.
«To‘qqiz mingdir bu nafs hashorati, Mudom egurlidir alarning oti...» Yunus Emro «To‘rt kishidir
yo‘ldoshim...», deydi. «Ul to‘rtning biri — jon, biri — din, biri — imon». Xo‘sh, oxirgisi-chi? Mana,
eshiting:
Biri nafsimdur dushman,
Anda savashib qoldim...
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |