www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Ishq asrorig‘a til mahram emastur zinhor
Kim. ko‘nguldin tilga oni oshkoro qilmangiz.
Chun ko‘nguldur qalbu til g‘ammoz, maxfiy rozni
Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.
Chun ko‘ngul til birla mahram bo‘lmadi, hojat emas
Aytmoqkim, elga aidin nukta imlo qilmangiz.
Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nozim bo‘lub
Ohning dudin sahobu ko‘zni daryo qilmangiz.
Chok-chok aylab ko‘ngulni, tilni aylab yuz tilim,
Tashlab itlarga, alarning yodi qat’o qilmangiz.
Menda hijron dardiyu, yo‘q vasl, bore do‘stlar,
Chorae gar qilsangiz, juz jomu sahbo qilmangiz.
Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh,
Otini roz ahli tummorinda insho qilmangiz.
(«Badoe’ ul-vasat», 216-g‘azal)
G‘azal Navoiyning qarilik lirikasi mahsuli bo‘lib, pand-nasihat mavzuida yaratilgan. To‘qqiz
baytdan iborat bu g‘azal sir saqlash madaniyatidan saboq beradi.
U mavzu, g‘oya, mazmun jihatidan «Navodir ush-shabob» devonidagi «Kimsani dard ahli deb
sirrimg‘a mahram ayladim» satri bilan boshlanuvchi g‘azalga juda yaqin. Qizig‘i shundaki, bu
g‘azallarning boshqa xususiyatlari ham bir-biriga mutanosib: yaratilish davri, hajmi, vazni, lirik
qahramoni bir xil. Ammo ular bir g‘azalning turli variantlari emas. Qiyosiy tahlil etilganda, ularniig
har biri mustaqil va original g‘azal ekanligini tasdiqlovchi qator fazilatlar yuzaga chiqadi.
«Kimsani dard ahli deb sirrimga mahram ayladim» g‘azali usluban g‘azalning sharhi hol tipiga
mansub. Unda lirik qahramonning o‘z zamondoshlaridan biriga sirini izhor etgani va buning oqibatida
boshidan kechirgan iztiroblari sharhlanadi. Bu g‘azalda esa lirik qahramonning hayotiy sarguzashti,
uning oqibatlari emas, balki sir va sirdosh saqlash madaniyatiga oid hayotiy tajribadan kelib chiqqan
tugal, qat’iy umumlashma, xulosalar didaktik uslubda ifodalanadi.
Bu ikki g‘azalni bir shoir shuurida kechgan kechinmalarning tadrijiy takomili natijasi sifatida
baholash, ularga bir-birining mantiqiy davomi sifatida qarash mumkin. Chunki shoirning hayotiy
sarguzashtlar nihoyasida yetilgan xulosalari «Ey Navoiy, dema sirring kimsaga...» debon birinchi
g‘azal maqta’ida boshlangan va ikkinchi g‘azalda to‘liq aks etgan. Bu holat «ikki g‘azal bir yo‘la
yozilgan ekan», degan fikrni uyg‘otmasligi lozim. Ular shoir hayotining bir davri — qarilik
bosqichida, lekin turli fursatlarda, turli voqealar turtkisi bilan yozilgan bo‘lishi ehtimol. G‘azallarning
biri «Navodir ush-shabob»dan, ikkinchisi «Badoe’ ul-vasat» devonidan o‘rin olishi ham balki shu bilan
izohlanar.
Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,
Boshingizg‘a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.
Bu bir mahallar «kimsani dard ahli deb sirriga mahram aylagan» va bunday ochiqko‘ngilligi
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |