www.ziyouz.com kutubxonasi
49
tufayli, «o‘z-o‘zini kuch bila rasvoyi olam aylagan» lirik qahramonning o‘z shaxsiy fojiasidan
jamiyatga berayotgai sabog‘i. Avvalgi g‘azalning«kimsani dard ahli deb», «dema sirring kimsaga»
iboralari shoirning muayyan kishilarga nisbatangina ishonchi yaralanganidan guvohlik qilsa, bu g‘azal
matla’idagi «elga roz ifsho qilmangiz» so‘zlari shoirning kishilarga ishonaverib ko‘p pand yegani va
umuman, elga ishonchi yo‘qolganidan kafolat beradi. Ikkinchi bayt matla’dagi fikrni yanada
kuchaytiradi:
Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz,
O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.
Endi shoir inson tabiatidagi umuminsoniy zaiflikdan ogohlantiradi. Insonning o‘z sirini asrashga
o‘z irodasi ojizlik qilsa, o‘zining og‘ziga kuchi yetmasa, sirini pinhon tutishni boshqalardan umid
qilishi aqlga sig‘maydi. Chunki boshqalar ham uningdek bir bandayi ojizda. Shuning uchun odam,
avvalo, o‘ziga o‘zi pishiq bo‘lishi lozim. Shu tariqa, shoir umumdan xususga ko‘chadi:
Ishq asroriga til mahram emastur zinhor
Kim, ko‘nguldin tilga oni oshkoro qilmangiz.
G‘azal hajviy, kinoyaviy ruhda davom etadi: «kimsa», «el», «o‘zgalar»ni qo‘ya turayligu, avval,
o‘z a’zolarimizni nazorat qilaylik. Ma’lum bo‘ladiki, «rasvoyi olam», «yuz balo»ga mubtalo
bo‘lishimizning birinchi boisi til ekan. Chunki sirimizni ilk oshkor etuvchi — u. Demak, sir-asrorni
zinhor-bazinhor «ko‘nguldin tilga» ko‘chirmaslik kerak. Ammo, ko‘ngulga ishonib bo‘larmikin?
Chun ko‘nguldur qalbu til g‘ammoz, maxfiy rozni
Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.
Afsuski, ko‘ngul ham mahrami asror bo‘lolmaydi. Chunki uni «qalb» deb ataydilar. Navoiy bu
o‘rinda, «qalb» so‘zining o‘z (ko‘ngul) va ko‘chma (qallob, firibgar, nopok) ma’nolaridan mahorat
bilan foydalangan. Bu esa ko‘nguldan qalloblik va firibgarlik zohir bo‘lishi xavfidan dalolat. Shunday
qilib, ko‘ngul — xiyonatkor, til-sotqin («til» so‘zining harbdagi ma’nosiii hamda «g‘ammoz»
so‘zining sir ochuvchi, chaqimchi ma’nolarshsh eslang) ekan, maxfiy sirni jondan bu ikki a’zoga
ko‘chirmaslik, uni faqat jonda asramoq ma’qul. Aks holda, «maxfiy sir» jondan ko‘ngulga, ko‘nguldan
tilga, tildan «kimsa»ga, «kimsa»dan «o‘zgalar»ga, «o‘zgalar»dan «el»ga o‘tib fosh bo‘ladi. Qarabsizki,
sohibi asror yana — rasvoyi olam.
G‘azaldagi silsilaviy tasvir til va ko‘ngul taftishi bilan tugamaydi. Chunki insonning ichki
imkoniyatida sirni fosh etuvchi boshqa vositalar ham bor:
Chun ko‘ngul til birla mahram bo‘lmadi, hojat emas
Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz.
Shoir tilni so‘zlashdan, ko‘ngulni tildan, jonni ko‘nguldan tiygandan keyin, sirni oshkor etuvchi
yana bir omil — imlodan (sirni yozuv orqali fosh etishdan) ham tiyilishni ogohlantiradi...
Shunchalik ehtiyotkorlikka qaramay, bordiyu sir elga ayon bo‘lib qolsa, shoir «Ohning dudin
sahobu ko‘zni daryo qilmay» — sharmandalikka ravnaq bag‘ishlamay, xoinlarni jazolashni maslahat
ko‘radi:
Chok-chok aylab ko‘ngulni, tilni aylab yuz tilim,
Tashlab itlarga, alarning yodi qat’o qilmangiz.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |