www.ziyouz.com kutubxonasi
52
mazmunidir.
Mug‘ dayrida mast o‘lsa, Navoiyni ko‘rungkim,
Bir olma kibi gunbazi miynu bila o‘ynar.
Sharhlashga urinsak, dastlab baytning mazmuni juda soddadek tuyuladi. Ya’ni, go‘yoki,
«Mayxonada mast bo‘lgan chog‘ida Navoiyni ko‘rasiz, u olam gumbazini qo‘lida bir olma kabi
o‘ynatish qudratiga ega bo‘ladi». Ammo baytning zamirida bundan ko‘ra salmoqli va sehrli ma’no
yashiringandek, sharhdan ko‘nglimiz to‘lmaydi. Balki, baytning botinida so‘fiyona mazmun yotgandir.
Faraz qilaylik, «mug‘»—ma’iaviy mayxona, unda mast bo‘lish — haqqa erishish timsoli bo‘lsin.
Bunda ma’nan Haq darajasiga ko‘tarilgan lirik qahramonning olam gumbazini bir olma kabi o‘ynashi
(borliqni ma’naviy jihatdan tugal anglab yetish)ni aniqroq tasavvur etish mumkin. Tugallanmaning
falsafiy tus olishi Navoiy g‘azaliyoti uchun umumiy xususiyatdir.
Dostları ilə paylaş: |