«...YOR UZAR BO‘LSA MUHABBAT RISHTASIN...»
Alisher Navoiy g‘azaliyotida bugungi insoniy, oilaviy munosabatlarda ham ibrat bo‘lgulik hayotiy
saboqlar, kechinma, mulohazalar mujassam asarlar ko‘p. Mana, shunday g‘azallardan biri:
Kimki, oning bir malaksiymo parivash yori bor,
Odami bo‘lsa, pari birla malakdin ori bor.
Kecha ulkim chirmanur bir gul bila, ne tong, agar
G‘unchadek har subh o‘lub xandon vashot izhori bor.
Yo‘q ajab bulbulg‘a gul shavqidin o‘lmoq zorkim,
Pardin o‘q jismig‘a sonchilg‘on adadsiz xori bor.
Belingu la’ling xayoloti bila ko‘nglum erur
Ankabutekim, oning jon rishtasidin tori bor.
Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim,
Gul yuzida yotqon ikki nozanin bemori bor.
Aylab o‘zni mastu bexud, chiqmasun mayxonadin
Kimki, mendek davr elidin ko‘nglida ozori bor.
Ey, Navoiy, yor uzar bo‘lsa muhabbat rishtasin,
Kelmas o‘lsa ul sening sori, sen oning sori bor.
(«Navodir ush-shabob», 181-g‘azal)
Bu asar Navoiy ijodiy takomilining uchinchi bosqichida yaratilgan va dastlab «Navodir ui-nihoya»
devoniga kiritilgan bo‘lib, unda yetarli hayotiy tajriba, xayoliy emas, mavjud turmush kuzatishlari
zaminida yuzaga kelgan ijtimoiy xulosalar mujassamlashgan. Yakpora tuzilishga ega bu g‘azal ramali
musammapi maqsur vaznida bitilgan.
G‘azalning birinchi baytiyoq vafo, sadoqat, fidoyilik kabi olijanob insoniy tuyg‘ular bilan
yo‘g‘rilgan. Yagona inson muhabbati bilan yashash, o‘z sevgilisiga sadoqat Navoiy zamonida
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |