Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
112
Kerak emdi xizmatni nokom etib,
Ne vajheki qolmish saranjom etib.
Olib, qilmayin vahm,
azm etgasen,
Rafe’ oston o‘pgali yetgasen.
Yuzungdin dog‘i raf’ bo‘lg‘ay hijob,
Inoyat dog‘i ko‘rgasen behisob.
Agar vahmdin iztirob aylasang,
Degan amrdin ijtinob aylasang
Va yo bo‘lsa tug‘yoni jahlu g‘urur
Ki, so‘z raddi zotingg‘a kelsa zarur
Ki bilmasliging ibtidosidur ul,
Kichik yoshlig‘ing iqtizosidur ul.
Yibordim qoshingg‘a
munosib nima,
Bo‘yun to‘lg‘ama, nomunosib dema!
Keturdi, bu so‘zni debon nuktago‘y
Aro yerga bir savlajon birla go‘y
Ki, go‘dakliging chunki g‘olibdurur,
Sanga go‘yu chavgon munosibdurur.
Budurkim, ko‘rungay sanga ko‘zga ish,
Va lekin erur mulk ishi o‘zga ish.
Va gar raf’ qilmay ko‘nguldin xilof,
Ayon qilmasang ajzinga e’tirof.
Nizo’ o‘lg‘on o‘lsa muakkad sanga
Ki, xud yo‘q ul andeshag‘a had sanga.
Qo‘yub jahl, o‘z joningga rahm qil,
Sipohim hisobin bu kunjudcha bil».
Debon, qo‘pti majlisdin aylab shitob,
Ulug‘
zarf aro kunjudi behisob
Keturdiyu og‘zidin ochti tugun,
Bisot ichra ul zarfin etti nigun,
Dedi: «Shohdin har kim etsa haros,
Sipohin bu kunjuddin etsun qiyos».
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: