www.ziyouz.com kutubxonasi
31
"(U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz.
Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): "Bugun
qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar".
Farishtalarning qo‘lidan qutilib kelayotgan do‘zaxning bo‘kirgan ovozidan insonlar
bo‘g‘ilishi darajasida g‘amga botadilar va yuzlarini berkitib oladilar. Furqon surasining
12-oyatida shunday marhamat qilinadi:
"(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning xayqiriq va bo‘kirigini
eshiturlar".
Alloh taolo Mulk surasining 8-oyatida esa shunday marhamat qiladi:
"U g‘azabdan parchalanib ketgudek bo‘lur...".
Shunda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldinga chiqib, jahannamni to‘xtatadilar va: "Haqir va
zalil bo‘lib orqaga qayt! Toki, sening oldinga ahling guruh-guruh bo‘lib kelsinlar",
deydilar.
Do‘zax esa: "Ey Muhammad! Menga ruxsat bering, men o‘tib ketay. Chunki siz menga
harom qilingansiz", deydi.
Shunda Arshdan nido keladi: "Ey jahannam, Muhammadga (s.a.v.) quloq sol va unga
itoat qil!" So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) do‘zaxni yetaklab borib, Arshi a’loning chap
tomoniga joylashtiradilar. Mahshardagilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu marhamatli
harakatlarini bir-birlariga xabar beradilar. Qo‘rquvlari bir miqdor kamayadi. Anbiyo
surasi 107-oyatning ma’noi sharifi zohir bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |