Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Imom G‘azzoliy
QIYOMAT
va
OXIRAT
«Movarounnahr»
Toshkent-2004
Tarjimon: Otabek G‘aybulloh o‘g‘li
© “Mutarjim”
MUQADDIMA
Zotining abadiy ekanini bildirgan Alloh taologa hamd bo‘lsin. U O‘zidan boshqa barcha
mavjudotlarning o‘lishlarini istadi. Kofirlarni va
gunohkorlarni qabr azobi bilan, albatta,
jazolaydi. Bandalari dunyo va oxirat saodatiga erishishlari uchun ularga payg‘ambarlari
vositasida amrlarini va ta’qiqlarini yetkazdi. Bandalari oxiratda azob yoki mukofot
olishlarini ularning dunyoda qilgan amallariga bog‘liq qildi. Oxirat yo‘liga kirib, roziligiga
qovushishni O‘zi tanlagan va sevgan bandalariga oson qildi.
Alloh taolo suyukli payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga, Ul zotning oila a’zolariga va
sahobalariga
salotu salom yuborsinki, ularning ismlarini
musulmonlar orasida juda
mo‘’tabar qildi.
Bilingki, hamma narsani tiriltirgan va o‘ldirgan Alloh taolo Oli Imron surasining 185-oyati
Anbiyo surasining 35-oyati va Ankabut curasining 57-oyatining maoli-sharifida: