ﻰَﻐَﻃ ُﻪﱠﻧِإ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﻰَﻟِإ ﺎَﺒَهْذا ) ٤٣ ( ﻰَﺸْﺨَﻳ ْوَأ ُﺮﱠآَﺬَﺘَﻳ ُﻪﱠﻠَﻌَﻟ ﺎًﻨِّﻴَﻟ ﻻْﻮَﻗ ُﻪَﻟ ﻻﻮُﻘَﻓ ) ٤٤ ( «Ikkovingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u (Men – xudoman), deb haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlangiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo‘lishidan) qo‘rqsa». (Toha, 43-44.) Har qanday odamning qalbini zabt etish uchun unga shirin muomala, yumshoq so‘z, ochiq yuz bilan ro‘baro‘
bo‘lish kerak. Shuning chun ham Alloh taolo barcha payg‘ambarlarga xuddi shunday sifatni fazilat qilib bergan.
Qaysi payg‘ambarning tarixini o‘qimang, u o‘z qavmiga shirin muomala qilganini, qavmning inkoriga, tazyiqiga
matonat bilan chidaganining guvohi bo‘lamiz.
Ustoz H. S. Karomatovning payg‘ambarlar tarixiga oid yozgan kitobini «Xo‘rlangan payg‘ambarlar
g‘alabasi» deb nomlashi ham bejiz emas. Bunda barcha payg‘ambarlar o‘z qavmlari tomonidan qo‘pollik,
munkirlik bilan qarshi olinib, ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishgani, xo‘rlashgani, azoblashgani,
shunga qaramay, payg‘ambarlar sabr-matonat, afv-mag‘firat, rahm-muruvvat ko‘rsatishib, oxir-oqibat g‘oliblik
ular tarafida bo‘lganiga ishora bor.
Payg‘ambarlardan biri Yunus (a.s.)ning ana shu xos fazilatdan biroz chekinishlari natijasi esa, u kishining
o‘zlari jiddiy sinovga giriftor bo‘lishlari bilan yakunlandi. Agar Yunus (a.s.) Allohga ma’qul bo‘ladigan iltijoni
qilmaganlarida, bu chekinish nima bilan yakunlanishi faqat Allohga ayon edi, ya’ni nahang qornida
qiyomatgacha qolib ketishlari mumkin edi.
Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni payg‘ambar qilib, Quraysh ahlini da’vat etishga
yuborayotganda shunday dedi: ﺎَﻣ َءﺎَﺳ ﻻَأ ٍﻢْﻠِﻋ ِﺮْﻴَﻐِﺑ ْﻢُﻬَﻧﻮﱡﻠِﻀُﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ِراَزْوَأ ْﻦِﻣَو ِﺔَﻣﺎَﻴِﻘْﻟا َمْﻮَﻳ ًﺔَﻠِﻣﺎَآ ْﻢُهَراَزْوَأ اﻮُﻠِﻤْﺤَﻴِﻟ