Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Keyin har bir aybdorning aybiga munosib jazoga hukm qildi. Odam sharmandalikdan qochib yaproqlari
orasiga berkingan «Talh» va «Sidr» daraxtlari jannat daraxtlari bo‘lib, nihoyatda chiroyli va ko‘rkam edi. Uni
hatto mevasigacha tikonli qilib, odamlar bu daraxtlardan nafratlanadigan holga keltirdi.
Shaytonning jannatga kirishiga yordam bergan ilon jannatdan quvilib, oyoqlari kesildi va qorni bilan sudralib
yuruvchiga aylantirildi. Dunyoda insonlarning nafratiga uchrab, bir-birlariga dushman bo‘lib qoldilar.
Havvo jannat daraxtining mevasidan uzgan vaqtida, meva o‘rnidan qonga o‘xshash suyuqlik oqqan edi.
Alloh taolo Havvoni har oyning boshida hayz ko‘rish, homilador bo‘lganda va farzandini tug‘ayotgan vaqtda
esa, bir necha bor o‘lim bilan yuzma-yuz olishish azobiga giriftor qildi.
Odam va Havvoning bu itoatsizliklari uchun:
ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ٌعﺎَﺘَﻣَو ﱞﺮَﻘَﺘْﺴُﻣ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ْﻢُﻜَﻟَو ﱞوُﺪَﻋ ٍﺾْﻌَﺒِﻟ ْﻢُﻜُﻀْﻌَﺑ اﻮُﻄِﺒْها َلﺎَﻗ
)
٢٤
(
«Ey (Odam va shayton),
bir-biringizga dushman bo‘lgan holda yerga tushinglar, sizlar uchun yerda
yashaydigan joy va kerakli narsalar mavjuddir»(A’rof, 24.)
, - deb jannatdan chiqardi.
Odam (a.s.)ning jannatda yaratilishi va Yerga tushirilishi muddatida ulamolarning turlicha fikrlari mavjud.
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar:
«Oftob chiqib turadigan kunlarning eng yaxshisi jum’a kunidir, chunki shu kunda Odam yaratilgan,
shu kunda Odam jannatda yashagan, shu kunda jannatdan Yerga tushirilgan, shu kunda qiyomat
Dostları ilə paylaş: