FITRATNI O’ZGARTIRISHDAN QAYTARIQLAR
Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam it uchun va
qon olganlik uchun haq olmoqdan, badanga igna bilan alomatlar chizdirish va chizishdan
hamda sudxo‘rlikdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar aytadilarki, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam qaza’dan qaytaribdilar». (Qaza’ - o‘g‘il bolaning sochini olayotganda
peshona tepasidagina soch qoldirib, boshqa joylarini olib tashlash).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Asmo binti Abu Bakr (r.anho) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ulama soch taqib qo‘yuvchi va ulama soch taquvchi ayollarni la’natladilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Alqamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Abdulloh aytdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
husn uchun igna bilan turli shakllar chizuvchi, qosh teruvchi va tishlar orasini
kengaytiruvchi ayollarni, ya’ni Alloh taolo yaratgan a’zolarni o‘zgartiruvchi ayollarni
la’natlaganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z
tegmog‘i haq narsadir», dedilar va igna bilan alomatlar chizmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Avn ibn Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar. «Ubayni ko‘rdim, u menga: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam (qortiq solib) qon olganlik uchun haq olmoqdan, it sotmoqdan,
sudxo‘rlik va poraxo‘rlik qilmoqdan hamda bu ishlarda vositachi bo‘lmoqdan, igna bilan
alomatlar chizmoq va chizdirmoqdan qaytardilar», dedi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni man
etdilar.
(Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Soch ulovchi va sochini ulatuvchi hamda
yuzi va tishlarining rangi va shaklini o‘zgartiruvchi ayollarni Alloh taolo la’natlasin!»
(Imom Buxoriy, Muslim, Ahmad rivoyatlari)
Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Men ummatimga yaraga tamg‘a qizdirib bosmoqni man qilgayman», deganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
Dostları ilə paylaş: |