www.ziyouz.com kutubxonasi
5
eshitilsa, o‘sha joydan chiqishdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qabriston ziyoratiga boruvchi ayollarni,
qabriston ustiga masjid quruvchi yoki chiroq yoquvchilarni Alloh taolo la’natlasin!».
(Hokim rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabr ustiga o‘tirishni, qabr ustini butunlay tekislab
tashlashni yoki ustiga turli baland qubbalar qurishni man etganlar.
(Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan o‘z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni
man qilganlar.
(Imom Buxoriy va muslim rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
musulmonlarni Qur’on (ya’ni Mushaf) bilan dushman yeriga safar qilmoqdan
qaytardilar». (Bu yerda Qur’on deyilgani bilan Mushaf deb tushunmoq kerak. Chunki
Qur’on og‘zaki tarzda nozil qilingan bo‘lib, dushman uni qalblardan tortib olib, oyoqosti
qilolmaydi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘xtab turgan ko‘lmak suvga siyishni man etganlar.
(Imom Muslim, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari)
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (biror
narsaning baxtsizlik keltirishiga ishonib) irim-sirim qilishdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan
qaytarilgan edik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin edi... Biz ayollar
janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan edik».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mayitlarni haqorat
qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo‘ldilar», deganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
(sahobalarga qarata): «Birontangiz uzoq xastalanib yotib qolsangiz, (bezor
bo‘lganingizdan) o‘zingizga o‘lim tilamang! Basharti shunday qilish zarur bo‘lsa: «Ey
Parvardigorim, agar (bundan keyingi) yashamog‘imning menga nafi bo‘lsa, meni tirik
qoldirgin, mabodo o‘lmog‘im afzal bo‘lsa, omonatingni olg‘il, deb aytingiz», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
Dostları ilə paylaş: |