Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
– Unga izn ber va jannat xushxabarini ayt, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam). 
Men yana eshik yoniga qaytdim. 
– Kiring, – dedim unga, – Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sizga jannat 
xushxabarini aytdilar! 
Abu Bakr kirib Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) o‘ng yonlaridan joy oldi. U 
ham xuddi Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) kabi boldirlarini ochib, oyoqlarini 
osiltirib o‘tirdi. 
Keyin men yana joyimga bordim. Ukam tahorat olayotganida chiqib ketgan edim. U 
orqamdan kelishi kerak edi. Agar Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, uni (shu yerga) 
keltiradi, deya umidvor turardim. 
Shu payt kimdir eshikni itardi. 
– Kim u? – deb so‘radim men. 
– Umar ibn Xattob! 
– Bir oz kutib turing. 
Men Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib, salom berdim va:
– Umar ibn Xattob kirishga izn so‘rayapti, – dedim. 
– Unga izn ber va jannat xushxabarini ayt, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam). 
Umar yoniga qaytib, unga:
– Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sizga izn berdilar va jannat xushxabarini 
aytdilar, – dedim. 
Umar kirib, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) chap yonlarida oyoqlarini 
quduqqa osiltirib o‘tirdi. Men joyimga qaytdim. Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, uni 
(shu yerga) keltiradi, deya hanuz umidvor turardim. So‘ng kimdir kelib eshikni taqillatdi. 
Usmon (r.a.) ekan. 
– Bir oz kutib turing! – dedim-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga 
borib, Usmon ibn Affonning kirishga izn so‘rayotganini aytdim. 
– Unga izn ber va boshiga tushadigan bir balo-sinov bilan birga jannatiy bo‘lishini 
ham ayt, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). 
– Kiravering, – dedim Usmonga, – Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) boshingizga 
tushadigan bir balo-sinov bilan birga jannatiy bo‘lishingizni ham aytdilar! 
Usmon Allohga hamd aytib: «Allohning O‘zi madadkor!» deb qo‘ydi. U kirib quduq 
atrofining to‘lganini ko‘rdi-da, boshqa tomondan ularning ro‘parasiga o‘tirdi». 
Sayyid ibn Musayyab aytadi: «Men buni ularning qabrlariga ta’vil qildim» (Buxoriy va 
Muslim rivoyati). 
Ya’ni, ushbu hodisa ularning qabrlariga nisbatan bir ramziy ishora sifatida olindi. 
Haqiqatan ham Abu Bakr va Umarlarning qabri Payg‘ambar alayhissalom qabrlari bilan 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
yonma-yon, bir hujrada joylashgan. Usmonga (r.a.) esa bu hujrada joy qolmagan va u 
zot hujraning qarshisidagi qabristonga dafn qilingan. 
Menimcha, mazkur hodisa ramziylikning e’tiborli ekaniga kuchli va ochiq hujjat bo‘la 
oladi. 
Butun olamlar Parvardigoriga hamdlar bo‘lsin! 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin