Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Ibn Hajar aytadi: «Bu o‘ylab turib aytiladigan gap emas. Ehtimol, ma’ruf hadisdir. 
Ehtimol, uni ba’zi bir ahli kitob so‘zidan olgandir» («Fathul Boriy»dan). 
44. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Dajjol kelib, Madinaning yaqiniga tushadi. So‘ng Madina uch marta silkinadi. 
Shunda uning oldiga barcha kofir va munofiq kimsalar chiqadi» (Buxoriy rivoyati). 
45. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qildim. Qoracha, sochlari yoyilgan bir kishi 
boshidan suv tomchilardi. Men: «Bu kim?» deb so‘radim. «(Iso) ibn Maryam», deyishdi. 
So‘ng yana aylanishda davom etdim. Banogoh gavdali, qip-qizil, jingalak sochli bir ko‘zi 
ko‘r kishi(ga ko‘zim tushdi). Uning ko‘zi uzum donasidek nursiz edi. «Bu Dajjol», 
deyishdi. U xuzoalik Ibn Qatonga (Ibn Qaton – Abdul Uzzo Qaton. Xuzoadan. Johiliyatda 
hayotdan ko‘z yumgan) juda o‘xshab ketadi» (Buxoriy rivoyati). 
«Dajjol Madinaga kirishdan mahrum qilingan-ku?! U qanday qilib Ka’bani tavof etishi 
mumkin?!» degan savolga qozi Iyoz shunday javob beradi: «Dajjol Makkaga oxir 
zamonda chiqqan payti kiritilmaydi». 
46. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi 
vasallam) namozda Dajjol fitnasidan panoh tilaganlarini eshitganman» (Buxoriy 
rivoyati). 
47. Nuvas ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) Dajjol haqida gapirib shunday dedilar: «Agar u chiqqanida men orangizda 
bo‘lsam, qarshingizda o‘zim unga hujjat keltiruvchiman. Agar orangizda yo‘qligimda 
chiqsa, har kim o‘ziga-o‘zi hujjat keltiruvchi (himoyachi) bo‘ladi. Barcha muslim ustida 
Alloh o‘rinbosarim (hujjat keltiruvchi)dir. Sizlardan qay biringiz Dajjol (zamoni)ga yetsa, 
unga (qarshi) Kahf surasining avvalgi (oyatlari)ni o‘qisin. Bu oyatlar sizlarni Dajjol 
fitnasidan saqlovchi bo‘ladi. 
– U qancha turadi? – deb so‘radik biz. 
Qirq kun, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), – bir kuni yildek, bir kun 
oydek va yana bir kuni haftadek, qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi. 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). Bir yildek bo‘ladigan kunda bir kecha-
kunduzlik namoz bizga kifoya qiladimi? 
– Yo‘q. Unga o‘z miqdorini belgilaysizlar. So‘ng Damashq sharqidagi oq minora oldiga 
Iso ibn Maryam tushadi. Lud darvozasi yonida Dajjolga yetib, uni o‘ldiradi» (Muslim va 
Termiziy batafsil rivoyat etishgan. Abu Dovud muxtasar bayon qilgan. Yuqoridagi lafz 
Abu Dovud rivoyatidan). 
Navaviy «Sharhi Sahihi Muslim»da aytadi: «Ulamolar mazkur hadisni zohiriga ko‘ra 
olishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan uch kun uzunlikda haqiqatan yil, oy va haftaga teng 
keladi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Qolgan kunlari (oddiy) 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin