kun hajda, yetti kun qaytganlaringizdan keyin ro'za (tutsin!) O'sha rosa o'n kundir. Bu (hukmlar) oilasi
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
23
(yashash joyi) Masjidi Haromda bo'lmaganlar uchundir. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, Alloh azobi shiddatli zotdir. 197. Haj (mavsumi uchun) ma'lum oylar (belgilangan). Bas, kim shu oylarda hajni o'ziga farz qilsa (hajni niyat qilsa), haj davomida ayolga yaqinlashishi, gunoh ishlar va janjal (kabi ishlarga ruxsat) yo'q. Har qanday yaxshi (savobli) ish qilsangiz, albatta, uni Alloh biladi. (Haj safariga) ozuqa olib chiqing. Eng yaxshi ozuqa taqvodir. Taqvoni Menga qilingiz (Mendan qo'rqingiz), ey, oqillar! 198. Rabbingizdan (haj mavsumida tijorat bilan) fazl tilashingizda sizlarga (hech qanday) gunoh yo'qdir. Arafotdan tushganingizda, Mash'ari Haromda (Muzdalifada) Allohni (talbiya, tahlil, takbir, sano bilan) zikr eting! U sizlarni - garchi ilgari adashganlardan bo'lsangiz-da - haq yo'lga hidoyat qilgani kabi, sizlar ham Uni yod etingiz!. 199. So'ngra odamlar tushgan yerdan (Arafotdan) tushingizlar va Allohdan mag'firat so'rangizlar. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. Izoh: Bu yerdagi buyruq Makka ahliga qaratilgan, zero, ular odatda, Arafotda to'xtab o'tmasdan Muzdalifa degan yaqinroq joydan qaytar edilar. 200. (Hajga oid) ibodatlaringizdan forig' bo'lganlaringizdan keyin Allohni go'yo ota-bobolaringizni (madhiyalar bilan) yod etganlaringizdek, balki undan ham ziyodroq yod etingiz! Odamlar orasida shunday kimsa ham bo'ladiki, u: "Ey, Rabbimiz, bizga shu dunyoda bergin", - deydi. Vaholanki, unga oxiratda nasiba yo'qdir. 201. Yana shundaylari ham borki, ular: "Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin,