sundirish (ishlatish)lari uchun ba'zilarini ba'zilaridan darajalarini ko'tarib qo'yganmiz. Rabbingizning rahmati esa ular to'playdigan narsa (boylik)laridan yaxshiroqdir. 33. Agar (imon keltirmaganlarning to'q yashayotganlarini ko'rib) odamlar bir millat (kofir) bo'lib olishlari bo'lmaganida edi, albatta, Rahmonga kofir bo'ladigan kimsalarga uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik. 34. Yana ularning uylarining eshiklarini ham, o'zlari ustida yastanib o'tiradigan so'rilarni ham (kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik). 35. Yana (barcha) zeb-ziynatni ham. (Zero, bularning) barchasi faqat dunyo hayoti matolaridir. Oxirat esa, Rabbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir. 36. Kimki Rahmon zikridan (Qur'on nasihatlaridan) ko'r bo'lib olsa (yuz o'girsa), Biz unga shaytonni yaqin qilib qo'yarmiz, bas, u unga hamrohdir. 37. Albatta, ular (shaytonlar) yo'ldan to'sib turib, yana o'zlarini hidoyat topuvchilar, deb hisoblaydilar. 38. To qachonki, Bizning huzurimizga kelgach, (o'sha shaytonga qarab): "Qani endi, men bilan sening o'rtang Sharqu G'arbning o'rtasidagi uzoqlik kabi bo'lsa. Bas,(sen) naqadar yomon hamroh", - der. 39. Zulm qilganlaringiz sababli bu Kunda azobda sherik ekaningiz sizlarga sira foyda bermas. 40. Bas, (ey, Muhammad,) Siz karlarga eshittira olurmisiz, yoki ko'rlar va aniq zalolatdagi kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?! 41. Bas, agar Biz Sizni ketkazsak (vafot ettirsak ham), albatta, Biz ulardan (oxiratda) intiqom oluvchidirmiz. 42. Yoki Biz ularga va'da qilgan narsani (azobni hayotlik chog'ingizdayoq) Sizga ko'rsataylikmi?! Zero,