Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
363
41. Yoki ularning huzurlarida g'ayb (ilmi) bo'lib, ular (undan ko'chirib) yozib olayotirlarmi?!
42. Balki, ular (Sizni halok qilish uchun) biror hiyla qilmoqchidirlar?! U holda o'sha kofir bo'lgan
kimsalarning o'zlari "hiyla"ga giriftor bo'lurlar.
43. Yoxud ular uchun Allohdan o'zga iloh bormi?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!
44. Agar ular (ustilariga) osmonning bir parchasi tushayotganini ko'rsalar ham "Bu qalin bulutdir", -
derlar.
45. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni, to o'zlari halok qilinadigan kunlariga ro'baro' bo'lgunlaricha,
qo'yib bering!
46. U Kunda ularning hiylalari hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.
47. Albatta, zolim (kofir) bo'lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar)
bordir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar.
48. (Ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko'z o'ngimizda
(himoyamizda)dirsiz! (Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting!
Dostları ilə paylaş: