Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
382
YIGIRMA SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
MUJODALA SURASI
Mujodala - bahslashish, janjallashish.
Eri bilan janjallashib kelgan Havla ismli ayolning Rasulullohga shikoyat qilib kelishi tasvirlangan bu surada
imon, e'tiqod va ezgu ishlarga da'vat, kufr, shirk, zulm kabi razil sifatlardan nafrat qilishga chaqiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Alloh Siz bilan o'z eri haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan
(ayol)ning so'zini eshitdi. Alloh sizlarning so'zlashuvlaringizni eshitur. Albatta, Alloh eshituvchi va
ko'ruvchidir.
Izoh: Sahobiy Avs ibn Somitning xotini Havla bint Sa'laba Payg'ambar (a. s.)ga kelib, eri "zihor" qilganini
aytadi. Zihor o'z xotiniga: "Sen menga onamning qorni yoki badani kabisan" deyishidir. Bu bilan taloq tushgan
hisoblanar edi. Lekin bu to'g'rida shar'iy hukm hali nozil bo'lmagan edi. Payg'ambar (a. s.) taloq tushganligini
aytganlarida, ayolga bu ma'qul bo'lmaydi. Shu asnoda yangi oyat nozil bo'lib taloq tushmasligi, lekin
jarimasiga bir qul ozod qilish vojibligi bildiriladi.
Dostları ilə paylaş: