suhbatlaringiz oldidan (kambag'al va miskinlarga) sadaqa taqdim etinglar. Bu o'zlaringiz uchun yaxshiroq va (xatolaringizni) poklovchiroqdir. Bas, agar (sadaqaga narsa) topa olmasangizlar, u holda, albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. 13. Suhbatlaringiz oldidan sadaqalar taqdim etishdan (kambag'al bo'lib qolamiz deb) qo'rqdingizlarmi? Bas, sizlar (sadaqa) qilmasalaringiz ham Alloh tavbalaringizni qabul qilgan ekan, endi namozni mukammal ado etingizlar va zakot beringizlar hamda Alloh va uning Payg'ambariga itoat etingizlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. 14. (Ey, Muhammad,) Allohning g'azabiga uchragan qavmni (yahudiylarni) do'st tutgan (munofiq)larni ko'rmaysizmi?! U (munofiq)lar sizlardan (musulmonlardan) ham, ulardan (yahudiylardan) ham emasdirlar. Yana ular bilib turib, ("Biz musulmonmiz" deb) qasam ham ichurlar. 15. Alloh ular uchun ashaddiy azobni tayyorlab qo'ygandir. Darhaqiqat, ularning qilgan ishlari naqadar yomondir! 16. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olishib, (odamlarni) Allohning yo'lidan to'sdilar. Bas, ular uchun xor qiluvchi azob bordir. 17. Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh tomonidan (bo'ladigan) narsani (azobni) ulardan daf qila olmas. Ular do'zax ahlidirlar. Ular o'sha joyda mangu qoluvchidirlar. 18. U Kunda (Qiyomatda) Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirganda, ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o'zlariga (qasamlari sababli) biror narsa (foyda) bo'ladi deb hisoblaydilar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, ular ayni yolg'onchilardir! 19. Ularni shayton egallab olib, ularga Alloh zikrini unuttirdi. Ana o'shalar shayton hizbi (guruhi)dirlar.