Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Taloq ikki martadir. So'ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

229. Taloq ikki martadir. So'ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish 
(mumkin). Ularga (xotinlaringizga) bergan narsalardan (mahrlaridan) biror narsani qaytarib 
olishlaringiz sizlarga halol emas, magar (er-xotin) Allohning (oila to'g'risidagi) buyruqlarini bajara 
olmaslikdan qo'rqsalar (bu undan mustasno). Agar ularning Alloh buyruqlarini bajara olmasligidan 
qo'rqsalaringiz (eridan taloq olish niyatida) evaz berishida (va erning shu evazni olishida) er-xotin uchun 
gunoh yo'q. Bu Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ulardan tajovuz qilmangizlar! Kim Allohning 
hadlaridan tajovuz qilsa, ana o'shalar zolimlardir.  
Izoh: Bu evazni shariat tilida "xul'" deyiladi. Er ajralishni xohlamagan taqdirda xotini taloq so'rasa, evaz yoki 
badalni to'lab, erni ko'ndirish shariatda joriy etilgan.  
230. Agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, (u ayol) to boshqa er bilan niqohlanmaguncha (va undan ham 
taloq olmaguncha), unga halol bo'lmaydi. Bas, agar (keyingi er) uni taloq qilsa, (qaraladi,) agar 
Allohning buyruqlarini bajara olishga ishonsalar, (avvalgi er bilan) turmushga qaytishlarida gunoh 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
27
yo'qdir. Bular Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ularni anglaguvchi qavm (odamlar) uchun bayon 
qilur.  
Izoh: Bu yerda nikohdan murod hanafiy mazhabi bo'yicha nikohdan keyin jinsiy yaqinlik, shofiiy mazhabida 
esa nikohning o'zi kifoya.  
231. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolingiz 
yoki yaxshilik bilan javoblarini beringiz. Ularga zulm qilib, zararlantirish niyatida ushlab turmang! Kim 
shunday qilsa, demak, o'ziga zulm qilibdi. Allohning oyatlarini hazil bilmangiz! Allohning sizlarga 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin