Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
350
FATH SURASI
Fath so'zining ma'nosi g'alabadir. Albatta, bu so'z ham suraning birinchi oyatidan olinib nomlangan. Bu g'alaba
musulmonlarning g'alabasi ekanligi ma'lum, lekin qaysi jangdagi g'alaba ekanligi xususida turli rivoyatlar
mavjud. Masalan, Makka ahlining tinchlik yo'li bilan Islomga kirishlari, Hudaybiya jangi va Xaybar jangidagi
g'alabalardan biri ekanligiga dalolat qiluvchi qator hadisi shariflar bor. Surada munofiqlik qiluvchi, ko'pchilik
bilan birga yovga qarshi harbiy xizmatga chiqish o'rniga, undan turli bahonalar bilan bosh tortuvchilar tanqid
qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga aniq fath (g'alaba) baxsh etdik.
2. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O'z ne'matini
mukammal qilib berishi, Sizni To'g'ri yo'lga hidoyat qilishi,
3. shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordam berishi uchundir.
4. U (Alloh) O'z imonlariga yana imon qo'shilishi uchun mo'minlarni dillariga taskin tushirgan zotdir.
Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir. Alloh bilimli va hikmatli zotdir.
5. U mo'min va mo'minalarni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga
kiritish uchun va ulardan yomonlik (gunoh)larini o'chirish uchun (shunday qildi). Bu Alloh nazdida
ulkan yutuqdir.
6. Shuningdek, Alloh haqida (mo'minlarga madad bermaydi deb) yomon gumon qiluvchi munofiq va
munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun shunday qildi). Ular uzra halokat
Dostları ilə paylaş: