www.ziyouz.com kutubxonasi
113
«Hali senmisan menga tegishayotgan? Mening sendan kam joyim yo’q; sen menga
yopishasan, men ham sendan ustun kelaman!» – deya oladi, ammo Payg’ambar
hazratimiz sallallohu alayhi vasallam unday deyishni to’g’ri hisoblamaganlar. Hatto
birortasi kelib, unga kufr so’z aytsa, haqoratlasa, borib turib, turtsa, «Tavba, yo
Rabbiy!.. Men senga teng kelmayman, men ro’zadorman, men ro’zadorman!..» – deydi.
Bu qiyin bir narsadir. «Alloh taologa ibodat holida bo’lganim uchun senga teng
kelmayman, sening so’zingga qarshi turmayman, sen bilan janjallashmayman!» – deydi,
o’zini tutadi... Ramazondan keyin ham bu go’zal holni davom ettiramiz.
Ramazonda sigaretni tashladik, ramazondan keyin ham chekmaymiz. Ramazonda
birortasi bizga g’azablansa «Fasubhonalloh... La ilaha illalloh... La havla vala quvvata illa
billah...», – dedik va unga teng kelmadik, sabr qildik, o’zimizni tutdik; bu go’zal holni
ramazondan keyin ham saqlab qolish eng muhim ishimiz bo’ladi bizning... Shu kundan
e’tiboran eng muhim ishimiz!..
Ramazon o’tdi, ibodat tugadi, degani emas. «Ramazonda ibodat qildik; ramazon ketdi,
endi tamom... To’ppa-to’g’ri dala hovliga, plyajga, kayfu safoga, ko’ngil ochishga...
Ramazonda qilolmaganimiz ta’qiqlangan butun ishlar yig’ilib qoldi, endi ularni qilishga
chopamiz!» – deb o’ylagan odamning ramazonini Alloh qabul etmagandir. Bu
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari ila sobitdir. Chunki
ramazon ibodatlari qabul bo’lishi, insonning ramazondagi go’zal holatining ramazondan
keyin ham davom etishida ko’rinadi. Demak, Ramazondagi holimizni davom ettirishlik –
e’tibor bermog’imiz lozim bo’lgan eng muhim ish bo’ladi.
Oldimizda ta’til bor. Endi ramazondan keyin har kim qishloqqa ketadi yoki
qarindoshinikiga, kattalarini ziyorat qilgani ketadi; maktab ham ta’til bo’lgani uchun bir-
ikki oyga qoladi. Shunday ekan, bu go’zal ta’tilda fursatdan foydalanib, bu ramazonda
o’rgangan narsalarimizni va ramazonda olganimizni yosh bolalarimizga ham o’rgatamiz.
Chunki ramazonda dinimizga bog’liqligigimiz ortdi, ko’nglimiz yorishdi, tozalandi.
Shunday qilib bolalarning, nevaralarning orasida bo’lamiz; bolalarimizning tarbiyaga ko’p
ehtiyoji bor, kamchiliklari bisyor. Men bandman, siz bandsiz, unday qilmaysiz;
bolalarimizni atrofimizga to’playmiz. Bir oz birga bo’lganimizdan so’ng, «Bolalar, keling,
bir nechta hadis o’qiymiz!.. Bu hadislarni bir-birimizga tushuntiramiz!.. Sen bolajonim,
nima tushunding mening aytganlarimdan, menga takror aytib ber-chi!.. Qani, xotin sen
gapir-chi!..» – deymiz.
«Oshxonada ishim bor!..»
Bir oz ana shunday bir narsa bilan band bo’ldingmi, shunday javob qiladilar. Ya’ni:
«Har narsaning to’sig’i bor, ammo, ilm o’rganishga turishing bilan ko’kdan to’siqlar do’l
kabi yog’iladi». Turli to’siqlar...
«Xotin, kel, o’tir shu yerga, ozgina ibodat, duo, tasbeh, bilmadim, yana nima...
Dinimizdan bir ma’lumotlar o’rgataman senga, aytib beraman!» – deysan;
«Dazmol qilish kerak, oshxonada ishim bor...»