R
K q — —> max S
Xuddi shu ifoda umumiy ko‘rinishda tovar raqobatbardoshligining sharti hisoblanadi. Doktor P. S. Zavyalov fikricha, «Raqobatbardoshlik deganda tovarning bozordagi xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovarning pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim».
Shunday qilib, xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog‘liq xarajatlar tashkil etadi. Agar mabodo tovar texnikaviy jihatdan murakkab buyum bo‘lsa, xaridor bu buyumdan foydalanishda yana xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi, aytaylik, yonilg‘i, surkov moylari, ehtiyot qismlar va boshqalar sotib olishiga majbur bo‘ladi. Mabodo tovar ishlab chiqarish maqsadlarida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularni o‘qitishga, sug‘urta qilishga va boshqalarga mablag‘ sarflash lozim. Aksariyat xollarda tovar sotilganidan keyin uni xaridorga yetkazib berish, o‘rnatish, tekshirish zarur. Tovar iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan jami xarajatlar "iste’mol narxi" deb ataladi. Odatda iste’mol narxi xarid narxidan yuqori yuradi (yuk mashinasining umri davomida xarid narxi umumiy foydalanish xarajatlarining faqat 15% ni, magistral samolyotniki 11% ni, ro‘zg‘or xolodilniginiki 10% ni, traktorniki 19% ni tashkil etadi). Shu sababli bozorda eng past narx qo‘yilgan tovar emas balki xaridorga xizmat qilishning butun davri davomida iste’mol narxi eng past bo‘lgan tovar eng raqobatbardosh hisoblanadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion marketing yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini tahliliga asosan, marketingda innovatsiyalardan foydalanish, iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi.
Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsiya o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
Shakliga ko‘ra innovatsiya: mahsulot innovatsiyasi (innovatsion faoliyatning moddiy natijasi), innovatsion xizmatlar (nomoddiy natija), jarayon va texnologik innovatsiya (texnologiyaning o‘zgarishi), kadrlar innovatsiyasi hamda yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari.
Yangilik darajasiga ko‘ra innovatsiya: inkremental (quyi, o‘suvchi), modulli, arxitekturali va radikal (yuqori).
Binobarin, innovatsiyalar yangilikni tavsiflovchi hamda samara keltiruvchi mahsulotlarda, xizmatlarda va jarayonlarda turli darajadagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, texnologiyaning rivojlanishi innovatsion boshqaruv hamda innovatsion marketing bilan birgalikda borishi lozim. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin:
Texnologik innovatsiyalarni yuritish shakllari va yangi bozorlarni egallash.
Iste’molchilar faolligini rag‘batlantirishning yangi usullari ishlab chiqish.
Kombinasiyalashgan innovatsion marketing.
Makroiqtisodiy nuqtai nazardan o‘rganilganda, bir qator muammolarni innovatsiyalar yordamida yechish mumkin. Yaqin yillargacha firmalar o‘z daromadlarini ekstensiv rivojlanish, sodda qilib aytganda, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sonini ko‘paytirish hisobiga oshirib kelgan. Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining o‘sishidagi to‘xtashi mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsiyalardan keng va samarali foydalanishni taqozo etgan bo‘lsa, yana bir omil sifatida ishlab chiqarish xom ashyosi baholarining o‘sishi, innovatsion jarayonlarni tezlashtirishda muhim turtki bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Innovatsiyalar o‘z navbatida, bir-necha turga bo‘linadi va ularning tizimli klassifikasiyalanishi T. Robertsonning fikriga ko‘ra, quyidagi turlarga ajratiladi:
Uzluksiz innovatsiyalar.
Uzluksiz dinamik innovatsiyalar.
Uzlukli innovatsiyalar.
Uzluksiz innovatsiyalar–mavjud mahsulotlar variatsiyasini o‘zida aks ettiradi. Ushbu innovatsiyalar iste’molchining mavjud shakllanib kelgan an’anaviy xatti- harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Uzluksiz dinamik innovatsiyalar–yangi mahsulot yoki mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi bo‘lib, ular iste’molchi xatti-harakatini ifodalamaydi.
Yangi axborot texnologiyalari uzluksiz innovatsiyalar hisoblanib, iste’molchi xatti-harakatini tubdan o‘zgartiradi. Bunga misol sifatida turli xil tovar va xizmatlarni uydan chiqmasdan turib, internet orqali xarid qilishni keltirish mumkin.
Uzluksiz yoki uzluksiz dinamik innovatsiyalar eng samarali innovatsiyalar hisoblanib, bunday mahsulotni joriy qilishda iste’molchi uchun yangi tovar va xizmatning ahamiyati, zaruratini tushuntirish uchun qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni talab qilinmaydi.
Innovatsion mahsulot, o‘z navbatida, jismoniy hamda axborot omillari bilan tavsiflanadi. Zamonaviy iste’molchi tomonidan ma’lum bir jismoniy xususiyatlari yig‘indisi sifatida qaraladigan innovatsion tovar iste’molchilar uchun jozibali emas, shu sababli, ularga bo‘lgan talab ham yuqori emas.
Iste’molchi, birinchi navbatda, mahsulotning jismoniy, axborot, yetkazib berish shartlari kabi bir qator xususiyatlari bo‘yicha istagini ifodalovchi mahsulotning umumiy konsepsiyasini qabul qilishi lozim. Iste’molchi umidining ustunligini yengish uchun qo‘shimcha foydani keltiradigan kengaytirilgan mahsulot konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Yangi mahsulot muvaffaqiyati, E.Rodjersning fikricha, quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq: nisbiy ustunlik, moslilik, murakkablik, mahsulotni tajriba qilib ko‘rish imkoniyati va ommaboplilik.
Nisbiy ustunlik ko‘rsatkichida asosiy e’tiborni mahsulotning ob’ektiv xususiyatiga emas, balki iste’molchining muhim ehtiyojlariga qaratiladi. Moslilik iste’molchi tomonidan innovatsiyalarni qabul qilishdagi eng muhim va muammoli omil hisoblanadi. Shuningdek, moslilik mahsulotning iste’mol xususiyatlari iste’molchining hayot tarzi, etnik me’yorlari va hayotiy qoidalariga mos kelishi hamdir. Mahsulotning murakkabligi mahsulot iste’mol xususiyatlari, hamda uni iste’molchi tomonidan qo‘llashning murakkabligini tez va oson anglash darajasidir.
Odatda, mahsulotning tadbiq etish qanchalik murakkab bo‘lsa, uning iste’molchilar orasida tijorat muvaffaqiyatiga erishish ehtimolligi shunchalik past bo‘ladi.
Mahsulotni muvaffaqiyatga erishishidagi zaruriy shartlardan yana biri–bu, uni sinovdan o‘tkazishdir. Buning uchun reklama namunalarini, kompyuter dasturlarining demo-versiyalarini tarqatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Va nihoyat, ommaboplik potensial iste’molchilar uchun yangiliklardan foydalanish natijalarining aniqligidir. Amalda, innovatsiyalarni reklama qilishda mushhur shaxslardan foydalanish orqali ommaboplikka erishish mumkin.
Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion marketing konsepsiyasi, bozorni tadqiq qilish asosi hamda korxona raqobatbardosh strategiyasini izlash hisoblanadi. Innovatsiyalarni boshqarishga marketing orqali yondashuv kompleks qaraladi va u asosan, ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Innovatsion marketing o‘z navbatida innovatsion strategiyani ishlab chiqishni, bozorni tahlil qilish va operativ marketingni o‘z ichiga oluvchi yetti asosiy bosqichdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |