Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
o‘rtasiga tashladi. Abdulloh ibn Mas’ud: «Men qarab turibman-u,
hech narsa qila
olmayman, agar kuch-quvvatim bo‘lganda edi... deyman»,— deydilar. Ular qotib-qotib
kula boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotima kelib, olib
tashlamaguncha sajdadan boshlarini ko‘tarmadilar. Qizlari ichak-chavog‘ni yelkalaridan
olib tashlagach, boshlarini ko‘tarib: «Ilohi, Qurayshni (qabilani) halok qil!»—
deb uch
marta duoi bad qildilar. Duoi bad qilganlari ularga og‘ir botdi. «Ular bu shaharda qilingan
duo mustajob bo‘lmog‘ini bilishar edi», — deydilar Ibn Mas’ud. Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam boshqatdan: «Ilohi, Abu Jahlni, Utba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani,
Valid
ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni halok qilg‘il!» —deb nomma-
nom duoi bad qildilar. Yettinchi nomni ham aytdilar, lekin biz eslab qololmadik.
Jonim
qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nomlarini sanagan
kishilarning barchasi Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlanganini aniq ko‘rdim»,—
deydilar Ibn Mas’ud.
Dostları ilə paylaş: