Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish


 Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan davr harajatlarini



Yüklə 196,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix14.12.2023
ölçüsü196,8 Kb.
#178102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tajyor mahsulotlarni hisobga olish (1)

4. Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan davr harajatlarini
hisobga olish.
Bizga malumki har bir korxona o`zi ishlab chiqargan mahsulotni realizatsiya qiladi va 
shu bilan xo`jalik jarayonlarining yakunlovchi bosqichi sodir bo`ladi. Mahsulotni realizatsiya 
qilish uchun esa qator harajatlar qilinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ular korxonada sodir 
bo`ladigan harajatlarning asosiy salmoqini tashkil etadi. Shuning uchun ham ushbu mahsulot 
sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlarni to`g`ri, aniq va o`z vaqtida hisobga olish har bir 
korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlarni hisobga olish «Harajatlar tarkibi 
to`g`risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga ko`ra quyidagi harajatlar 
mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar tarkibiga kiritiladi: mahsulotni o`rash, saqlash, 
ortish, joyigacha tashish (agar bu harajatlar haridorlar tomonidan mahsulot narxidan tashqari 


10
aloxida to`lanmasa), meoyor chegarasida reklama harajatlari, jumladan, ko`rgazma, yarmarkada 
qatnashish, bevosita haridorga yeki vositachi tashkilotlarga shartnomalar, bitimlar va shunga 
o`xshash boshqa hujjatlarga muvofiq, tekinga beriladigan qaytirilmaydigan mahsulot 
namunalarining qiymati va shunga o`xshash boshqa harajatlar hamda bozordagi talab va taklifni, 
bozorga tovarlar chiqarishni kuzatish (marketing) harajatlari meoyor chegarasida va undan ortiq; 
yuqorida sanab o`tilmagan sotishlarning boshqa harajatlari. 
Shuni qayd etish lozimki, «Harajatlar tarkibi to`g`risidagi Nizom»ga muvofiq 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 04.04. dagi 17-02/28 sonli «Korxona va 
tashkilotlarning buxgalteriya hisobotidagi o`zgarishlar to`g`risida»gi qaroriga asosan korxona, 
birlashma va tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisobotiga, schetlar rejasiga baozi 
o`zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlarni hisobga 
olish tartibida ham o`zgarishlar mavjud. Ushbu harajatlar endilikda avvalgidek mahsulot to`la 
tannarxiga kiritiladi-gan ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar sifatida yuritilmaydi, balki 26-
«Davr harajatlari» schetining 2b/1-Mahsulot sotish harajatlari subschetida yuritiladi. 26/1 schet 
tranzit schet hisoblanadi va unda oy oxirida qoldiq qolmaydi. Hisobot oyi davomida mahsulot 
sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar 26/1 schetining debetida yig`ib boriladi va buxgalteriyada 
Debet-26, Kredit-02, 13, 31, 50, 51, 52, 60, 70, 76 va xokazo yozuvlari qilinadi. Oy oxirida esa 
2b-schetda yig`ilgan barcha harajat summalari schetning krediti orkali 80-«Foyda va zararlar» 
schetining debetiga o`tkazish bilan hisobdan chiqariladi. Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan 
harajatlarni hisobga olish va hisobdan chiqarishni sintetik schetlarda quyidagicha aks ettirish 
mumkin: 
Texnik nazorat bo`limi tomonidan qabul qilingan, Tayyor xolga keltirilgan mahsulotlar 
omborga topshiriladi. Bu jarayon ko`pchilik korxonalarda topshirish nakladnoyi yeki mahsulot 
topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex, topshirilish muddati, 
mahsulotning nomenklatura raqami, uning nomi, soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar 
shaxslarning imzosi ko`rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish 
vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yeki xizmatlar qabul-topshirish akti bilan rasmiylashtiriladi. 
Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko`rsatkichlaridagi uchyoti varaqalarda yuritiladi. 
Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot-harakati bilan bog`liq operatsiyalar 
yozib boriladi. 
Tayyor mahsulotning ombordagi uchyoti operativ buxgalteriya usuli bo`yicha tashkil 
qilinadi, yaoni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari uchyoti kartochkasi 
ochiladi (№M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq 
omborchi hujjatlar asosida ularning sonini kargochkalarga yozib qo`yadi (kirim, chikim) va har 
bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo`yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan 


11
hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish - topshirish nakladnoylari, buyruq-nakladnoy, 
tovar-transport nakladnoylari). Ombor uchyotining to`g`ri yuritilganligi ombor uchyoti 
kartochkasiga buxgalterning imzo qo`yishi bilan tasdiklanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor 
uchyoti kartochkalari asosida har oyda Tayyor mahsulot nomenklaturasi, o`lchov birligi soniga 
tayangan xolda Tayyor mahsulotning qoldiq uchyoti vedomostini to`ldiradi, Bu yerda hisob 
baholari bo`yicha qoldiqlar tak-sirovka qilinadi va buxgalteriya uchyoti maolumotlari (16-
vedomostning 1-bo`limi) bilan solishtiriladi. 
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog`liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki 
hujjatlar ombor varaqalariga yezilgandan so`ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar 
tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot 
harakatining pul shaklida ifodalangan uchyoti buxgalteriada yuritiladi. Bu hisob ombor uchyoti 
maolumotlari asosida yuritiladi. 
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida Tayyor mahsulotning analitik uchyoti 1b-
vedomostda yuritiladi. Bu vedomost to`rtta bo`limdan iborat bo`lib, 1-bulim «Tayyor 
mahsulotning pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi, unda mahsulotning hisobot oyi 
boshlanishiga qoldig`i, omborga qabul qilingani, haridorlarga jo`natilgani va hisobot oyi oxiriga 
qoldig`i, hisobda qabul qilingan baxo hamda xaqiqiy tannarxda ko`rsatiladi. 2-bo`lim 
«Jo`natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib, unda jo`natilgan mahsulotlarning analitik 
hisobi haridor korxonalar nomiga yezilgan har bir to`lov talabnomasi bo`yicha aloxida yuritiladi. 
3-bo`lim «To`langan va to`lanmagan schetlar xaqida umumiy maolumotlar» deb nomlanib, unda 
jo`natilgan va sotilgan mahsulotlar to`g`risida umumiy maolumotlar ko`rsatiladi. 4-bo`limda 
soliq bo`yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob maolumotlari keltiriladi. 


12

Yüklə 196,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin