5
1. Tayyor mahsulot va uning sotishni hisobga olish
. Xozirgi sharoitda samaradorligi yuqori bo`lgan korxonalarning xo`jalik
faoliyatini
maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Ularda mahsulot sotish muhim iqtisodiy ko`rsatkich
hisoblanadi. Materialning har bir turini tayerlash, xaqikiy tannarxini hisoblash ko`p mexrat va
vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko`pchilik xollarda moddiy
boyliklar joriy hisobda-
o`rtacha sotib olinish baxosi, reja tannarxi bo`yicha va boshqa baxolarda baxolanadi.
Materiallarning xaqikiy tannarxi bilan o`rtacha sotib olinish baxosi yoki reja tannarxi o`rtasidagi
farq ularning guruhlari bo`yicha aloxida analitik schyotlarda hisobga olinadi.
Amaliyotda
kompg`yuterlarning keng qo`llanilishi material zaxiralari har bir turining xaqiqiy tannarxini
hisoblash imkoniyatini yaratadi.
Materiallar sintetik schyotida ishlab chiqarish zaxiralarining
sintetik uchyoti joriy baxoda,
yaoni sotib olinish (tayyorlash) reja tannarxi, yoki o`rtacha sotib olinish baxosi bo`yicha hisobga
olinadi. Bunday xollarda, o`rtadaga farq «Materiallar qiymatidagi farqlar»
schyotida aks
ettiriladi.
Korxonalarda buxgalteriya uchyotini tashkil qilish tizimida Tayyor mahsulot, uni ortib jo`natish
va sotishning uchyoti aloxida o`rin tutib, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Tayyor mahsulot harakati bilan bog`liq hamma xo`jalik operatsiyalarini hisobda o`z
vaqtida va to`g`ri aks ettirish, omborlarda mahsulotning belgilangan
zaxira meoyorlariga rioya
qilish hamda saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
2. Ombordagi zaxiralarning xolatini va butligini saqlash.
3. Ish va xizmatlarning bajarilish xajmi, Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha
uzluksiz nazorat o`rnatish, ortib jo`natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmat) bo`yicha
hujjatlarni o`z vaqtida va to`g`ri
rasmiylashtirish, haridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkil
etish.
4. Realizatsiya qilingan mahsulotning assortiment va xajmi bo`yicha
shartnoma - mol
yetkazib berish rejasining bajarilishini nazorat qilish.
5. Realizatsiya qilingan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va
sotish bilan bog`liq bo`lgan (davr harajatlari) xaqiqiy harajatlarni o`z vaqtida, aniq hisob-kitob
qilish, foyda summasini aniqlash.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning
bir maromda ishlashiga, ombor
xo`jaligi va mahsulot sotishni to`g`ri tashkil qilishga, xo`jalik operatsiyalarining hujjatlarda o`z
vaqtida rasmiylashtirilishiga bog`liqdir.