9
kelajakdagi faoliyatlarida uddaburon, tashkilotchi, faol, ishbilarmon, qobiliyatli har
taraflama mukammal bo’lib shakillanadi.
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish
uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik
nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, tamoyillar,
umumlashtirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon
esa juda xilma-xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar
ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy
tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: