36
2.2. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini pedagogik faoliyat jarayonida
shakllantirishda shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar...................
54
III BOB. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda
interfaol usullardan foydalanishga doir tajriba sinov ishlari tahlili
80
3.1. Tajriba boshida talabalarda tashkilotchilik mahoratining shakillanganlik
darajasini aniqlash……………………….
80
3.2. Tajriba oxirida interfaol usullardan foydalanish orqali talabalarda
tashkilotchilik mahoratining shakllanganlik darajasini aniqlash...............
82
Xulosalar................................................................... .............
88
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..............................................
91
Ilovalar
94
3
KIRISH
Jonajon Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon xalq ta’limining turli
sohalarida xizmat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni tarbiyalashda o‘qituvchi kadrlarning
o‘rni beqiyosdir. Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Bizga
maktabni bitirganlar emas, maktab tarbiyasini ko‘rganlar kerak”[1:59]. Yana “Yuksak
ma’naviyat yengilmas kuch” asarida shunday so’zlarni ta’kidlaydilar: “Shuni
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”[1:60].
Shunday ekan respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan
siyosatni amalga oshirish uchun bugungi kunda pedagog kadrlarga pedagogik
nazariyani ya’ni o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar,
tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalarni o’rganish bilan bir qatorda yuksak
pedagogik mahorat, ijodkorlik hamda tashkilotchilik qobiliyarlarini ham mukammal
shakillantirishni talab etadi.
Bizga ma’lumki, o‘qituvchilik kasbi uchun quyidagi 6 xil qobiliyat muhim
hisoblanadi.
1. O‘rtaga tusha bilish qobiliyati.
2. Tashkilotchilik qobiliyati.
3. O‘zini idora eta bilish qobiliyati.
4. Mo‘ljallay bilish qobiliyati.
5. Kuchlilik, zehnlilik.
6. Faoliyatga ijodiy yondasha bilish qobiliyati.
Ana
shu
qobiliyat
xillaridan
tashkilotchilik
qobiliyatini
kadrlarni
shakillanishlarida qanchalik ahamiyatli ekanligini ko’rib chiqamiz.
|