www.ziyouz.com kutubxonasi
149
312. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar dunyo Alloh nazarida
chivinning qanotichalik qadrli bo‘lganida edi, kofir dunyodan bir tomchi suv ham
icholmas edi".
313. Abdurahmon ibn Usmondan rivoyat qilinadi. "Pay-g‘ambar sollallohu alayhi
vasallam bir kechani uyqusiz o‘tkazdilar va bomdod namozini "Dumnatul-hay"da, ya’ni,
qabilaning axlat tashlaydigan joyi tarafda o‘qidilar. Shu joyda o‘lgan echki bolasini
ko‘rdilar, yog‘larida shish bor edi, ya’ni, uning terisida qurt g‘imirlab yurardi. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar va tuyalarini ushladilar. Keyin qavm turdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mana shu echkining egasi uni past sanab tashlab
qo‘ygan deb o‘ylaysizlarmi?", dedilar. "Ha, ey Allohning elchisi", deyishdi sahobiylar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan
Zotga qasamki, dunyo Alloh huzurida bu uloqning o‘z ahliga xor bo‘lganidan ham
xorroqdir".
314. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: "Dunyo mo‘minning
zindoni, qabr qo‘rg‘oni, jannat esa, uning makonidir. Dunyo kofirning jannati, qabr
qamoqxonasi, do‘zax esa makonidir".
Faqih aytadilar: "Dunyo mo‘minning zindoni", degan so‘zlarining ma’nosi, mo‘min agar
ne’matda va kengchilikda bo‘lsa ham, Allohning jannatdagi ne’matlari oldida bu dunyoda
go‘yo zindondagidek, deganidir. Chunki mo‘minga o‘lim hozir bo‘lsa, unga jannat
ko‘rsatiladi. Va o‘zi uchun jannatda tayyorlangan narsalarni ko‘rib biladiki, u qamoqda
ekan. Ammo kofirga o‘lim kelsa, do‘zax ko‘rsatiladi va Alloh unga tayyorlab qo‘ygan
narsalarni ko‘rib biladiki, dunyo jannat bo‘lgan ekan. Kim oqil bo‘lsa, zindonda xursand
bo‘lmaydi, rohatni talab qilmaydi. Oqil kishi dunyoga qaramog‘i, dunyo haqidagi
zarbulmasallarni fikr qilmog‘i lozim. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom dunyoni
zarbulmasal qilib bayon etganlar.
Alloh taolo aytadi: